Salomatlik Ayollar uchun Xarid qilish nafaqat cho‘ntak, balki oshqozonga ham zarar yetkazadigan mahsulotlar

Xarid qilish nafaqat cho‘ntak, balki oshqozonga ham zarar yetkazadigan mahsulotlar

O'qildi: 254


Xarid qilish nafaqat cho‘ntak, balki oshqozonga ham zarar yetkazadigan mahsulotlar

Ortiqcha mablag‘ sarflash tavsiya qilinmaydigan mahsulotlar haqida AdMe nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Foto: Freepik

Souslar

Bozor va do‘konlarda souslarning istalgan variantini topish mumkin. Ammo xarid qilishdan avval ishlab chiqaruvchilar souslarga ta’m kuchaytirgich, stabilizator va boshqa kimyoviy moddalar qo‘shishi haqida o‘ylab ko‘ring. Buning o‘rniga uyda o‘z qo‘lingiz bilan foydalisini tayyorlang.

Konservalangan loviya

Konservalangan loviyani istalgan salat, zapekanka yoki boshqa taomga qo‘shish mumkin. Ammo shakar va konservantlar qo‘shilgani sababli loviyaning konservalanganini sotib olmaslik tavsiya qilinadi.

Qadoqlangan konfetlar

Parhezshunoslar shakarning qanchalik zararli ekanini ta’kidlaganiga qaramay, undan shunchaki voz kechib bo‘lmaydi. Shunday vaqtlarda kilolik konfet xarid qilish tavsiya etiladi. Bu bilan ham pulni tejab qolishingiz, ham istalgancha iste’mol qilishingiz mumkin.

Quritilgan mevalar

Tez singadigan uglevodlarning, kletchatka mikro va makro elementlarning koni hisoblangan quritilgan mevalar konfet va shokoladlar uchun eng yaxshi o‘rin bosuvchi hisoblanadi. Ammo ularning aksariyatida yoqimsiz hidga ega bo‘lgan E220 gazi mavjud. Kam miqdorda xavfsiz ekaniga qaramay, quritilgan o‘rikning standart porsiyasidagi E220 konsentratsiyasi yuqori bo‘ladi. Shu sabab ham barra mevalarni tanlash tavsiya qilinadi.

Barra mevalar

Sovuq mavsumda barra mevalarni topish biroz qiyinroq bo‘lgani va odatdagidan qimmatroq bo‘lgani hisobiga muzlatilgan mevalar iste’moli har tomonlama qulay bo‘lishi mumkin. Vitamin va minerallarning koni ekani hisobiga ham bu eng yaxshi variant.

Paketli choy

Paketli choy tarkibidagi antioksidantlar va fitonsidlar organizmni zararli moddalardan himoya qiladi. Ammo ba’zi choy paketlar ichiga mikroplastik tushib qolgan bo‘lishi mumkin. Odam organizmiga qanchalik ta’sir qilishi hali aniq emas, ammo hayvonlarda o‘tkazilgan tajriba natijasi kishini quvontirmaydi. Aynan shu sabab ham oddiy choy damlab ichish tavsiya qilinadi.

Tabiiy yogurt

Sotiladigan barcha yogurtlarning tarkibida ham foydali bakteriyalar mujassam bo‘lavermaydi.

Saqich

Saqich chaynash oshqozon-ichaklar bilan bog‘liq muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.