Tiniqib uxlashni ta’minlaydigan 7 tabiiy mahsulot
Uyquning yaxshi va sifatli bo‘lishi nafaqat salomatlik, balki kayfiyatga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Aslida 7-9 soatlik uyqu me’yor sanaladi, ammo hamma vaqt ham buning uddasidan chiqishning iloji bo‘lmaydi. Ish, o‘qish, shaxsiy va oilaviy muammolar asab tizimini qo‘zg‘atadi. Bu esa uyquning qochishiga olib keladi. Bunday vaqtda nima qilish mumkinligi haqida esa quyida ma’lumot berib o‘tamiz.
Foto: FreepikBodom
Bodom turli vitamin va mikroelementlarga boy sanaladi, uning atigi 28 gramm qovurilgan yoki quritilganida fosforning sutkalik me’yorini deyarli 18 foizi hamda organizm uchun muhim bo‘lgan B2 vitaminining 23 foizi mujassam bo‘ladi. Qolaversa ushbu mahsulot melatoninning koni sanaladi. Uyqu gormoni sifatida ma’lum bo‘lgan melatonin miyaga dam olish muhimligi haqida signal beradi. Shu sabab ham uyqudan avval uncha katta bo‘lmagan hovuchda bodom iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
Kurka go‘shti
Foydali hisoblangan kurka go‘shti riboflavin, fosfor va selenni o‘z ichiga oladi. Qolaversa ushbu go‘sht mahsuloti uyqu gormoni melatoninni ishlab chiqarilishini faol jadallashtiradigan triptofan aminokislotasini ham konidir. Shuningdek, oqsilning ham manbasi sanaladi — ayrim tadqiqotlarda uncha ko‘p bo‘lmagan oqsil uyquni chaqirishi aniqlangan.
Moychechakli choy
Moychechakli choy tinchlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan eng mashhur issiq ichimliklardan biri sanaladi. Uning iste’moli immunitetni mustahkamlaydi, xavotirni kamaytirib, teri ahvolini yaxshilaydi. Shuningdek, tarkibidagi apigenin antioksidanti uyqusizlik bilan samarali kurashadi.
Kivi
Kivi to‘yimli shu bilan birga kaloriyasi kam mahsulot sanaladi. Uning iste’moli xolesterin miqdori va hazm tizimi faoliyatiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ushbu meva uyqu uchun foydali ekanligi bilan ham o‘ziga xosdir. O‘tkazilgan 4 haftalik tadqiqotlarda 24 nafar ishtirokchi uyqudan 2 soat avval 2 donadan kivi iste’mol qilgan. Tadqiqot so‘ngida ularning 42 foizi tez uyquga keta boshlagan. Bu kivi o‘zida uyqu rejimini nazorat qiladigan “baxt gormoni” seratoninni mujassam qilgani bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
Yong‘oq
Yong‘oq vitamin va minerallar, xususan, melatoninga ham boy sanaladi. Uni ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish uyquni to‘g‘rilab olishga yordam berishi mumkin.
Guruch
Foydali xususiyatlari hamda ko‘plab vitaminlarga boy ekani bilan o‘ziga xos bo‘lgan guruch qondagi shakar miqdorini pasaytirib, uyqu yaxshilanishiga ijobiy ta’sir qiladi. Shifokorlar uyquning sifati va davomiyligini yaxshilash uchun ushbu mahsulotni uxlashdan kamida bir soat avval iste’mol qilishni tavsiya qiladi.
Losos
D vitaminining koni bo‘lgan losos, miya faoliyatini yaxshilab, yurak kasalliklarini oldini oladigan Omega-3 yog‘ kislotasiga ham boy ekani bilan o‘ziga xos. Ushbu vitamin va kislotaning umumlashmasi, shuningdek, uyquga ham ijobiy ta’sir qiladi. Uyqudan avval uncha ko‘p bo‘lmagan portsiyada losos iste’mol qilish uyquning sifatli va davomli bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Ammo ushbu baliq mahsulotining yog‘li ekanini hisobga olish va miqdor borasida tiyilish tavsiya qilinadi.
Manba