Salomatlik Salomatlik Homiladorlik davrida kasalliklarning oldini olish usuli

Homiladorlik davrida kasalliklarning oldini olish usuli

O'qildi: 371


Homiladorlik davrida kasalliklarning oldini olish usuli

Homiladorlik paytida ko‘p kasalliklar tashqi alomatlarsiz, bilinmasdan rivojlanadi. Oddiy peshob tahlili qadimdan tabiblarga tashxis qo‘yishda yordam berib kelgan.

Foto: Pinterest

XIX asr oxirlaridan boshlab peshobni bioximik va mikroskop tahlili yo‘lga qo‘yilgandan beri o‘z mohiyatini hozirgi davrda ham yo‘qotgani yo‘q. Aksincha kasalliklarning boshlang‘ich davrida aniqlashda muhim vosita hisoblanadi. Homiladorlik paytida peshob tahlil qilish ushbu davrning o‘ziga xos patologiyasi toksikoz va gestozning asoratlarini o‘tkazib yubormaslikka yordam beradi. Bu davrda buyraklar ikki hissa ko‘p ishlaydi, nafaqat onaning, balki bolaning ham qonini tozalaydi. Shuningdek, o‘sayotgan bachadon peshob yo‘lini siqadi, peshob turg‘unligiga va buyrakning shishiga olib kelishi mumkin.

Peshobdagi o‘zgarishlar nimani anglatadi?

  1. Аtseton: agar homiladorlikni dastlabki bosqichlarida atseton darajasi ko‘tarilsa, og‘ir toksikozdan dalolat. Bu organizmda metobolik jarayonlar buzilganini ko‘rsatadi.
  2. Peshobning loyqalanishi: peshobning shaffofligi buzilgan bo‘lsa, unda mikrob, leykotsit, oqsil borligiga shubha qilish mumkin. Cho‘kma paydo bo‘lishi tuzlar ko‘payganiga, metobolik kasalliklar qo‘zg‘alganiga ishora.
  3. Oqsil: eng xafli ko‘rsatkichlardan biri bu buyrakda qon aylanishining buzilganiga dalolat. Oqsil darajasini 0,033glitrdan oshishi homiladorlikning jiddiy asoratlari nefropatiya yoki gestoz rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Bu kabi holatda zudlik bilan davolanishni boshlash kerak.
  4. Peshobda leykotsitlarning mavjudligi buyrak, siydik yo‘llarida yallig‘lanish borligini ko‘rsatadi. Kasallik asta-sekin rivojlanib, avj olishi mumkin.
  5. Peshobda eritrotsitlar — bu surunkali nefrit, glomerulonefrit avj ola boshlaganini bildiradi.
  6. Peshobda glyukoza miqdori oshishi yashirin qandli diabet borligiga shubha uyg‘otadi, bu qo‘shimcha tekshuruvlarni talab etadi.
Peshob topshirish qoidalari

Peshobni tahlil qilish uchun maxsus toza idishga ertalabki uyqudan keyingi peshobni o‘rta qismini olish kerak. Topshirish vaqtida dori-darmon, vitamin, antibiotik, gormonlar va rang beruvchi taomlarni iste’mol qilish mumkin emas.

Homilador ayollarga umumiy peshob tahlili:

  • birinchi uch oylikda – har to‘rt haftada bir marta;
  • ikkinchi va uchinchi oylikda – har ikki haftada bir marta;
  • 35 haftaligidan boshlab har haftada topshirish buyuriladi. 
Juda oddiy va oson topshiriladigan peshob tahlili homiladorlik paytida organizmda rivojlanayotgan ko‘p kasalliklarning ancha oldin, hali alomatlari boshlanmasdan avval namoyon qiladi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.