Salomatlik Salomatlik Ota-onalar diqqatiga: chaqaloqlarda uchrovchi bo‘g‘im displaziyasi sabablari va belgilari

Ota-onalar diqqatiga: chaqaloqlarda uchrovchi bo‘g‘im displaziyasi sabablari va belgilari

O'qildi: 372


Ota-onalar diqqatiga: chaqaloqlarda uchrovchi bo‘g‘im displaziyasi sabablari va belgilari

Toz-son bo‘g‘imi displaziyasi – bu bo‘g‘imlarning rivojlanish davrida tug‘ma buzilishi. Displaziya lotinchadan tarjima qilinganda “noto‘g‘ri o‘sish” ma’nosini anglatadi.

Foto: Pinterest

Ma’lumotlarga ko‘ra, displaziya tayanch-harakat tizimi kasalliklarining eng keng tarqalgan tug‘ma patologiyalardan biri hisoblanadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning 3 foizida uchraydi. Shuningdek, qizlarda o‘g‘il bolalarga nisbatan yetti baravar ko‘proq bo‘ladi. Kasallik bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin.

Kasallikni kelib chiqish sabablari:

  • irsiy omil, ota-onasida kasallik bo‘lgan bo‘lsa; 
  • yomon muhit, sifatsiz oziq-ovqatlar va ichimliklar; 
  • 35 yoshdan keyingi homiladorlikda;
  • homiladorlik vaqtida yondosh xastalikda: ortiqcha vazn, kamqonlik, buyrak, jigar, yurak kasalliklari; 
  • kuchli toksikoz va gestozlar, ko‘p dorilar iste’mol qilish, nosog‘lom turmush tarzi;
  • bolani bachadonda noto‘g‘ri joylashishi;
  • homiladorlik paytida infeksion kasalliklar;
  • bolaning muddatidan avval tug‘ilishi.
Belgilari:

Tajribasiz ota-onalar buni sezmay qolishi ham mumkin. Displaziya yangi tug‘ilgan chaqaloqni bezovta qilmaydi, oyoqlarni bir biriga nisbatan qisqarishi, teridagi burmalarni simmetrik emasligi, oyoqlar harakati hajmi cheklanganligi kuzatiladi.

Shularni hisobga olib, bolaning dastlabki oylarida, albatta, ortoped-travmatolog ko‘rigiga olib borish zarur. Kerak bo‘lsa, qo‘shimcha tekshiruvlar rentgen, ultratovush diagnostikasi yordamida kasallik aniqlanadi.

Davolashni shifokor nazoratida olib borish kerak. Bunda oyoqlarga to‘g‘ri pozitsiya berish, faol harakatchanlikni saqlash, fizioterapiya muolajalari va uzluksiz butunlay sog‘aygunga davolash zarur.

Аsoratlarning oldini olish uchun kasallikni bola hayotining birinchi oylarida tashxislash va davolash muhim ahamiyatga ega. Аgar o’z vaqtida davolanmasa, bolaga jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin. Masalan, bola yurishni boshlaganda oqsoqlanish paydo bo‘ladi. Chaqaloq oyog‘ini yon tomonga siljita olmaydi yoki katta qiyinchiliklar bilan bajaradi. Bola kattalashgan sari davolanmagan displaziya oqibatlari yomonlashadi. Yurish shakli “o‘rdak yurish” deb nomlanadigan shaklga o‘tadi. Bunday bolaning harakatchanligi cheklanadi, boshqa bo‘g‘imlar ham deformatsiyalanadi: umurtqa pog‘onasida skolioz, oyoqlarni tiza va tovon bo‘g‘imlari qiyshayishi kuzatiladi. Kelajakda oyoq mushaklari yaxshi rivojlanmaydi. Toz va tiza bo‘g‘imlariga muntazam og‘riq qo‘shiladi. Umurtqa pog‘onasining qiyshayishi ichki a’zolar faoliyatini ham yomonlashtiradi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.