Salomatlik Salomatlik Rukkolaning qanday foydali xususiyatlari bor?

Rukkolaning qanday foydali xususiyatlari bor?

O'qildi: 302


Rukkolaning qanday foydali xususiyatlari bor?

Ratsionni qayta ko‘rib chiqish, zararli taomlardan voz kechish, to‘g‘ri ovqatlanish salomatlikning garovi. Ko‘proq ko‘katlar, oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qilish, oddiy uglevodlardan tiyilish sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammo bo‘lishini istamaydiganlar uchun muhim.

Foto: Harper’s Bazaar

Foydali mahsulotlar orasida rukkola alohida ahamiyatga ega. Tarkibida vitamin va mikroelementlar bisyor bo‘lgan ushbu mahsulot organizm uchun muhim. O‘ziga xos ta’mga ega rukkoladan salat va italyan oshxonasiga xos taomlar tayyorlashda foydalansa bo‘ladi. Qolaversa, u pishloq, go‘sht va dengiz mahsulotlari bilan ham yaxshi umumlashadi.

А, К, Е, С vitaminlari va B guruhi vitaminlari serob bo‘lgan rukkola, shuningdek, antioksidantlar, kletchatka, xlorofill, fosfor, temir, magniy, rux moddasi, kaliy va kalsiyning ham koni. Bundan tashqari, flavanoidlarni koni hisoblangan ko‘kat odam organizmni uchun foydaning koni. Immunitetni mustahkamlab, organizmni turli virusli kasalliklardan himoya qiladi. Shu bilan birga, rukkola hazm tizimini ham yaxshilaydi. Metabolizmni yaxshilaydi, ozishga hissa qo‘shadi. Rukkoladagi A vitamini, glyukozainatlar va sulforafanlar organizmda saraton hujayralari rivojlanishining oldini oladi. Ammo qandli diabet, gastritdan aziyat chekadigan bemorlarga ushbu mahsulotdan tiyilish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir:

  • Kuzgi foyda: Salomatlik va immunitet uchun ahamiyatli bo‘lgan 5 mavsumiy sabzavot
  • Qovoq mavsumi: ushbu poliz ekini nimasi bilan foydali?
  • Anjir mavsumi: mevaning foydali va zararli tomonlari
  • O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?
  • Har bir odamning ratsionidan o‘rin olishi kerak bo‘lgan 15 ta ekologik toza mahsulot


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.