Salomatlik Salomatlik Qorin sohasida yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Qorin sohasida yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

O'qildi: 423


Qorin sohasida yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladigan mahsulotlar

Tanadagi ortiqcha yog‘lar birinchi bo‘lib qorin sohasida to‘planadi va ketishi qiyin bo‘ladi. Uni bartaraf qilishga erishish uchun sport zalda ikki karra ko‘proq ter to‘kishga, kaloriya miqdorini qisqartirishga to‘g‘ri keladi.

Foto: Marie Claire

Shunga qaramay, ozish bo‘yicha britaniyalik mutaxassisning beldagi ortiqcha yog‘larning ketishi uchun ratsiondan ayrim mahsulotlarni chiqarib tashlashning o‘zi kifoya ekaniga ishonchi komil.

Britaniyalik jurnalist, shifokor va ovqatlanish bo‘yicha kitob muallifi Maykl Mosli qorin sohasidagi ushbu muammoni bartaraf qilish uchun nima qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi.

“Hatto eng sarvqomat insonlar ham qorin sohasida yig‘ilgan yog‘dan aziyat chekishi mumkin, aksariyat hollarda esa ushbu sohadagi yog‘ qatlami, sog‘lik uchun eng zararli bo‘lishi mumkin”.

Gap hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolar atrofidagi vitselyar yog‘lar haqida ketyapti. Ichkarida, press mushaklari ostida joylashgan yog‘ni standart usullarning o‘zi bilan bartaraf qilish mushkul. Xavfli tomoni bunday yog‘lar yallig‘lanishni, qolaversa yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq kasalliklar, ateroskleroz, metabolizmning buzilishi, shuningdek, ikkinchi darajali qandli diabetga sabab bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotlarda birida ratsionni keskin o‘zgartirish orqali maqsadga erishish mumkinligi aniqlangan. “Qorindagi yog‘ni yo‘qotish uchun eng avvalo shakardan voz kechish kerak”, — deydi Mosli.

Shuningdek, turli desert va tarkibida tez singadigan uglevodlar va shakar bo‘lgan mahsulotlardan tiyilish kerak. Shu sabab ham tarkibida shakar 5 foizdan ko‘p bo‘lgan istalgan taom va ichimlikni ratsiondan qisqartirish kerak. Ularni haftada ikki martadan ko‘p iste’mol qilmaslik kerak. Shokolad, shirinlik, muzqaymoq, chips va gazlangan ichimliklardan tashqari tiyilish kerak bo‘lgan mahsulotlar qatoriga oq guruch, oq non, oliy navli makaron, qolaversa, mango, banan va uzum ham kiradi.

Tez singadigan uglevodlarni sekin singadigani bilan almashtirish kerak. Shunday ekan oq guruch o‘rniga jigarrangini, kinoa yoki grechkani yeyish ayni muddao bo‘ladi. Parhez borasida esa Maykl O‘rta Yer dengizi ratsioni ayni muddao ekanini ta’kidlaydi. Ushbu taomnomaga yog‘li baliq, sabzavot, mevalar, yong‘oq, yormalar, tuxum, pishloq, yogurt va zaytun yog‘i kiradi.

Mavzuga doir:

  • Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
  • Oson ozish uchun nima qilish kerak?Vazn tashlashga yordam beradigan 4 tavsiya
  • Ekspertlar qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni ma’lum qildi
  • Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat
  • Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.