Salomatlik Salomatlik Qanday mahsulotlar qon quyulishiga sabab bo‘ladi?

Qanday mahsulotlar qon quyulishiga sabab bo‘ladi?

O'qildi: 306


Qanday mahsulotlar qon quyulishiga sabab bo‘ladi?

Yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq vaziyatlar kuzatilmasligi uchun qaysi mahsulotlarni iste’mol qilish borasida ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Kartoshka

Foydali ekaniga qaramay, kartoshkada qonning quyulishiga sabab bo‘ladigan kraxmal bisyor bo‘ladi. Kraxmaldan tashqari yog‘i ham ko‘payishi hisobiga, yurak-qon tomirida muammosi bor odamlarga qovurilgan kartoshka yeyish tavsiya qilinmaydi. Ushbu mahsulotdan butkul voz kechish shart emas, shunchaki qaynatilgan holda iste’mol qilinsa va me’yorga amal qilinsa bo‘lgani.

Banan

Ushbu mevada qon quyulishiga olib keladigan shakar va kaliy bisyor bo‘ladi. Banandagi fruktoza yurak va qon-tomirlar uchun xavfli bo‘lgan lipidli birikmaga aylanadi. Shu sabab ham ushbu mevani iste’mol qilish borasida xuddi kartoshka singari ehtiyot bo‘lgan yaxshi.

Yong‘oq

Yong‘oq qon uchun ham foydali va shu bilan birga zararli bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga oladi. Teri oshlovchi moddalarga boy bo‘lgan ushbu mahsulot, qon quyulishiga sabab bo‘ladi, omega-3 yog‘ kislotasi esa aksincha, qon-tomirlar devorini mustahkamlaydi. Zarari bo‘lmasligi uchun esa me’yorni bilish muhim sanaladi. Kuniga 2-4 dona yeyishning o‘zi kifoya qiladi.

Shakar

Deyarli barcha tayyor mahsulotlar tarkibida uchratish bo‘lgan oq shakar, qonda glyukozaning oshib ketishiga olib ketadi. Oqibatda qon quyulib, tromboz paydo bo‘lish xavfi ortadi. Shu sabab ham undan butkul tiyilish, buni imkoni bo‘lmaganda esa oz-ozdan iste’mol qilish tavsiya qiladi.

Petrushka

Eng foydali ko‘katlardan biri hisoblangan petrushka organizm uchun muhim bo‘lgan moddalarning koni. Ammo tarkibida K vitamin haddan ortiq darajada ko‘p ekani hisobiga, ayniqsa, qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilarga ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinadi. Aks holda qon quyulishi kuzatilishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Noto‘g‘ri parhez: Nima uchun faqat sabzavot va mevalarning o‘zini iste’mol qilish mumkin emas?
  • Oson ozish uchun nima qilish kerak?Vazn tashlashga yordam beradigan 4 tavsiya
  • Ekspertlar qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni ma’lum qildi
  • Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat
  • Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.