Choy damlashda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Tetiklashtirishi, energiya berishi bilan o‘ziga xos bo‘lgan choyning ta’mi va foydasi obi-tobida bo‘lishi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o‘tadi.
Foto: Marie ClaireDamlashdan avval choyni ko‘p yoki kam solib yuborish
200 ml suvga 2 gramm yoki 1 finjon uchun 1 choy qoshiq choy solish kerak. Aks holda choy ta’mi yaxshi chiqmasligi yoki aksincha achchiq bo‘lib qolishi mumkin. Haddan ortiq achchiq bo‘lgan choy salomatlik uchun zararli bo‘ladi. Choy qancha achchiq bo‘lsa, undagi ftoridlar konsentratsiyasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Uning ortiqchasi umumiy salomatlik, ayniqsa, suyaklar ahvoliga salbiy ta’sir qiladi.
Ustidan qayta damlash
Newby Teas choy kompaniyasi Yevropaning bir finjon uchun ikki gramm choydan foydalanish texnologiyasidan kelib chiqib qayta damlashni tavsiya qilmaydi. Negaki, soviganidan keyin ustiga qayta damlash choyning ta’miga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Birinchi damlanganda foydali xususiyatlari namoyon bo‘lib ulgurgani uchun bunday ichimlikdan hech qanday naf yo‘q. Ayrim past sifatli choylardan esa hatto toksinli mikroelementlar ajralishi ham mumkin. Choy yaproqlarini qayta va qayta damlash xitoy-yapon choy marosimlari: ulun va puerada kuzatilishi mumkin. Unda, asosan, ko‘l va oq choyning ayrim navlaridan foydalaniladi. Osiyoda ulong singari yirik bargli choylar qayta-qayta damlab ichiladi. Ammo ularda damlanadigan quruq choylar miqdori Yevropaliklarnikidan ko‘proq bo‘ladi. Buralgan yoki o‘ralgan choy barglaridan ham takror damlashda foydalanish mumkin. Bu bilan maksimal darajada foydaga erishish mumkin bo‘ladi.
Dimlash vaqtining noto‘g‘riligi
Har bir choy turi uchun alohida vaqt kerak bo‘ladi. Masalan, qora choy, ulong va puerni 2-5 daqiqa, ko‘k va oq choyni 2-3 daqiqa, tizanni esa 5 daqiqa dimlash kerak. Uzoq vaqt dimlanganda choy tarkibidagi fenol, lipid va efir yog‘i o‘z-o‘zidan oksidlanishni boshlab, teinning foydasi yo‘qolishiga olib keladi. Oqibatda ichimlikning ta’mi va ifori o‘zgaradi. Uzoq vaqt dimlangandan keyingi taxir ta’m esa kofein miqdorining ko‘pligi emas, zararli moddalar borligi bilan bog‘liq. Shu sabab ham biroz dimlanganidan keyin paketli choyni choynak ichidan olib qo‘yish tavsiya qilinadi.
Suv haroratining to‘g‘ri emasligi
Qora choy, ulong va tizanlarni 95 daraja issiq suv bilan damlash kerak. Ammo ko‘k yoki oq choyning nozik barglariga esa bunday issiq suv to‘g‘ri kelmaydi. Suv harorati choyning fermentatsiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir qiladi.
Suv qanday haroratda bo‘lishi kerak?
- 100°С — qora choy, puer, ulong, tizan;
- 75-85°С — ko‘k va oq choy.
Agar choyning sifati past bo‘lsa, yuqoridagi tavsiyalarga amal qilishning o‘zi yetarli bo‘lmaydi.
Shu sabab ham tanlov borasida quyidagilar muhim:
Choy barglari yig‘ib olingan payt — mukammal choy damlash uchun birinchi navbatda choy barglarining sifati ahamiyatli hisoblanadi. Bahor-yoz mavsumida yig‘ilgan choy eng yaxshi sifatli bo‘ladi. Aynan mazkur davrda choy barglari barcha zarur xususiyatlarga ega bo‘ladi.
O‘rami — choy paketi germetik yopiq, shaffof bo‘lmagan o‘ramda, quyosh nurlari tushishidan himoyalangan bo‘lishi kerak. Aks holda ta’mi va iforidan tashqari, foydali xususiyatlari ham talabga javob bermasligi mumkin.
Choy qadoqlangan joy — choy terib olinganidan keyin qadoqlanishgacha qanday yo‘llarni bosib o‘tgani haqida qiziqing. Agar yig‘ib olingan joyning o‘zida qadoqlangan bo‘lsa yoki kompaniyaning o‘ziga qarashli qadoqlash fabrikasi bo‘lsa yana yaxshi. Bu choy barglarining yangiligi, foydasi va ta’mi o‘zgarmasligini kafolatlaydi.
Mazali choylar — bunday choylarni tanlayotganda kimyoviy moddalar qo‘shilganmi yoki tabiiy mahsulotlar, masalan, mevalardan foydalanilganmi, e’tibor berib o‘qing. Choy ta’mi va ifori bilan kishini shod qilishdan tashqari, organizm uchun ham foydali bo‘lishi kerak.
Mavzuga doir:
- Ekspertlar qahva ichish uchun eng yaxshi vaqtni ma’lum qildi
- Qomatni saqlab qolamiz: kuz faslida vazn ortmasligi uchun 5 ta maslahat
- Umrni uzaytiradi, yoshlikni saqlab qoladi: qahvaning sog‘liq uchun 10 ta foydasi
Manba