Saratonning oldini oladi va immunitetni mustahkamlaydi: Yangi yil taomi — xolodesning foydali xususiyatlari
Har Yangi yil dasturxonini bezab turuvchi xolodes taomi nafaqat mazali, balki salomatlik uchun ham foydalidir.
Foto: “Domashniy ochag”Qishki eng sevimli, bayramona taomlarning biri xolodesdir. Ushbu go‘shtli taomga sabzavot, ko‘kat va sarimsoq qo‘shib tayyorlanadi. Taom nafaqat mazali, balki juda foydali ham bo‘lib, uni iste’mol qilish uchun kamida beshta sabab bor.
Suyak va bo‘g‘imlarni mustahkamlaydi
Xolodes tayyorlash jarayonida nafaqat terining silliqligi va mustahkamligi, balki suyak va bo‘g‘imlarning harakatchanligi va salomatligi uchun mas’ul bo‘lgan oqsil kollagen chiqariladi. Shuning uchun sinish va boshqa jarohatlar olgan odamlarga ko‘proq suyak qo‘shib tayyorlangan sho‘rvalarini iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kollagen har qanday yoshda muhim, ayniqsa, 50 yoshdan oshganlar uchun juda foydali. Chunki bu yoshda ayollar menopauza tufayli suyak to‘qimasini faol ravishda yo‘qotadi. Shuning uchun ushbu mazali taomni salomatlik uchun ham iste’mol qilish kerak.
Immunitet tizimi uchun foydali
Xolodesning an’anaviy retsepti juda foydali bo‘lgan sarimsoqni o‘z ichiga oladi. Uning immunitetni mustahkamlash va tananing shamollash, gripp va boshqa nafas yo‘llari kasalliklariga chidamliligini oshirish qobiliyati haqida hamma eshitgan. Shuningdek, uning xususiyatlari bu bilan cheklanmaydi: xushbo‘y sabzavotni muntazam iste’mol qilish saratonning ayrim turlarining oldini olishga yordam beradi, shuningdek, qonda shakar darajasini me’yorlashtirishga yordam beradi.
Oshqozon saratonining oldini olishga yordam beradi
Taomga qo‘shiladigan sabzavot tarkibida antioksidant xususiyatlarga ega A vitamini, shuningdek, beta-karotin va retinol mavjud: ular teri, sochlar va ko‘rish qobiliyati uchun foydalidir va eng muhimi, oshqozon saratonining oldini olishda yordam beradi. Qolaversa, sabzining foydali moddalarining barchasi yog‘da eriydi, ya’ni yog‘li ovqatlar bilan iste’mol qilingan taqdirdagina, organizm tomonidan so‘riladi.
Gemoglobinni oshiradi
Aksariyat ayollar, afsuski, gemoglobin darajasi pastligidan aziyat chekadi, ko‘pchilik bu haqda hatto bilmaydi ham. Kuch va quvvat yetishmasligini charchoq bilan bog‘laydi. Albatta, gemoglobin darajasini oshirish uchun eng foydali taom – bu mol go‘shtidan tayyorlangan xolodesdir.
Asab tizimini rag‘batlantiradi
Xolodesda mavjud bo‘lgan yana bir foydali modda – glitsin. Bu miya faoliyatini rag‘batlantiradi, shuningdek, tashvish va qo‘rquv tuyg‘ularini bartaraf etadigan, depressiya alomatlarini yo‘qotadigan va stressni yaxshiroq yengishga yordam beradigan maxsus fermentlarning ta’sirini faollashtiradi.
Mavzuga doir:
- Immunitetni mustahkamlovchi giyohli choylar
- Sovuq mavsumda organizmni energiya bilan ta’minlab, tetiklashishga hissa qo‘shadigan 8 mahsulot
- Qishda organizm uchun muhim bo‘lgan 5 ta mahsulot
Manba