Salomatlik Salomatlik Tuxum iste’mol qilish va insult xavfining kamayishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Tuxum iste’mol qilish va insult xavfining kamayishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

O'qildi: 281


Tuxum iste’mol qilish va insult xavfining kamayishi o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

Insult har yili millionlab insonlarning hayotiga zomin bo‘ladigan xavfli kasallik hisoblanadi. Shifokorlar kasallikning kelib chiqish xavfini kamaytirish uchun qon bosimini nazorat qilish, chekishdan voz kechish, sport bilan shug‘ullanib, to‘g‘ri ovqatlanish kerakligini ta’kidlaydi.

Foto: “Domashniy ochag”

Heart nashrida e’lon qilingan tadqiqotda insult profilaktikasi uchun kuniga bir dona tuxum iste’mol qilish kifoyaligi aytiladi. 9 yil davomida yarim million inson salomatligini tahlil qilgan tadqiqotchilar, kuniga hech bo‘lmaganda bir dona tuxum iste’mol qilganlarda yurak kasalliklarining xavfi 11 foizga. Insult xavfi esa 26 foizga kamayganini aniqlagan.

Tadqiqot mualliflarining taxminiga ko‘ra, bu tuxumning “yaxshi” xolesterin miqdorini ko‘paytirishi, yurakni himoya qilishi, shuningdek, organizmdan “yomon” xolesterinni chiqarib tashlashi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, oqsilga boy tuxum qondagi shakar miqdorini kamaytirib, vaznning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Bu esa insult xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Mavzuga doir:

  • Har kuni tuxum iste’mol qilish foydalimi yoki zararli?
  • Xolesterin miqdorini kamaytirish uchun voz kechish tavsiya qilinadigan 6 odat
  • 40 yoshgacha uchraydigan insult: kimlarga u xavf soladi hamda kasallikka chalinmaslik uchun nima qilish kerak?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.