Salomatlik Salomatlik Organizmni tozalashga yordam beradigan 6 mahsulot

Organizmni tozalashga yordam beradigan 6 mahsulot

O'qildi: 363


Organizmni tozalashga yordam beradigan 6 mahsulot

Ichak mikroflorasini qo‘llab-quvvatlash va bakterial muvozanatni yaxshilash uchun ratsionga qo‘shishingiz kerak bo‘lgan 6 ta foydali mahsulot nomini Grazia nashri ma’lum qildi. 

Foto: Grazia

Lavlagi

Kletchatka, fosfor, mis va C, B2 va B5 vitaminlari – bularning barchasi lavlagida mavjud. Bundan tashqari, uning tarkibida birinchi navbatda, jigar faoliyatini normallashtirishga, ikkinchidan, organizmni tozalashga hissa qo‘shadigan modda – betain ham bor. Shuningdek, lavlagi pishirilganda ham foydali xususiyatlarini yo‘qotmaydi, shuning uchun ularni pishmagan holatda iste’mol qilishning keragi yo‘q. Bundan tashqari, Reading universiteti(Buyuk Britaniya)tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, hatto oz miqdordagi lavlagi sharbati ham qon bosimini sezilarli darajada pasaytiradi va buning natijasida gipertoniyaning barcha noxush oqibatlaridan qutqaradi.

Sarimsoq piyoz

Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, sarimsoqning bir chinnigulida to‘rt yuzdan ortiq foydali komponentlar mavjud. Haqiqat shundaki, sarimsoq tarkibidagi alitsin moddasi organizmni tozalashga yordam beradi va yomon xolesterin darajasini pasaytiradi. Sarimsoqning yagona kamchiligi shundaki,  u pishirilganda o‘zining bir qancha foydali xususiyatlarini yo‘qotadi.

Piyoz

Ishtahani oshirish, ovqat hazm qilishni yaxshilash va, albatta, toksinlardan xalos bo‘lish – bularning barchasida piyozning tengi yo‘q. Bundan tashqari, u kuchli antibakterial ta’sirga ega, uning tarkibidagi fitonsidlar bir necha soniya ichida organizmga joylashib olgan ko‘pgina bakteriya va zamburug‘larni yo‘q qilishga qodir.

Olma

Sog‘lom oziq-ovqat bo‘yicha har qanday qo‘llanma ularsiz deyarli amalga oshirilmaydi va kelajakda ham bo'lmaydi: olma tarkibidagi kletchatka va pektin tufayli olma ovqat hazm qilish tizimini mukammal darajada barqarorlashtiradi.

Klyukva

Tabiiy probiotik bo‘lgan klyukva oshqozondagi foydali bakteriyalar sonini ko‘paytiradi va shu bilan bizni oziq-ovqat zaharlanishidan himoya qiladi. Bundan tashqari, bu rezavor antioksidantlarga boy bo‘lib, insult natijasida miya shikastlanishi xavfini kamaytiradi.

Karam

Karam barglari tarkibidagi kalsiy, kaliy, kletchatka, A, C, P va B1 va B6 vitaminlari organizmni tozalashda muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari, karam tarkibida boshqa vitaminlar sintezi uchun zarur bo‘lgan, toksinlarni yo‘qotish va yaralarni davolashga yordam beradigan metionin deb ham ataladigan noyob U vitamini mavjud.

Mavzuga doir:

  • 40 yoshdan keyin ratsiondan chiqarish tavsiya etiladigan mahsulotlar
  • Miya faoliyatini yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlar
  • Qahva, uzum sharbati va kasallikka qarshi kurashda yordam beradigan boshqa mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.