Salomatlik Salomatlik Bir oy ichida xushbichim bo‘lishga yordam beradigan 3 ta foydali odat

Bir oy ichida xushbichim bo‘lishga yordam beradigan 3 ta foydali odat

O'qildi: 262


Bir oy ichida xushbichim bo‘lishga yordam beradigan 3 ta foydali odat

Har bir inson hayotida kamida bir marta bo‘lsa ham, harakat qilmasdan turib, vazn yo‘qotishni orzu qiladi. Va bu orzu haqiqatga aylanishi ham mumkin. Darhaqiqat, bir qancha oddiy odatlar bir oy ichida ozg‘in bo‘lishga yordam beradi. 

Foto: Pinterest

Ushbu odatlar tananing umumiy tonusini yaxshilashga yordam beradi va surunkali ortiqcha ovqatlanishdan qutqaradi. Bir oy ichida xushbichim bo‘lish uchun har kuni nima qilish kerakligini ma’lum qilamiz.

Ovqatlanayotganda barcha chalg‘ituvchi buyumlarni olib tashlang

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ortiqcha ovqatlanishning asosiy sabablaridan biri bu oziq-ovqatga to‘liq e’tibor qarata olmaslikdir. Ovqatlanish paytida nimadir o‘qish, YouTube videolarini tomosha qilish, yangiliklar lentasini varaqlash yoki onlayn do‘konda yangi sumka tanlash – bu odatlarni tark etish kerak. Aks holda, miya tashqi faoliyatga e’tibor qaratadi va qancha ovqat iste’mol qilinganini nazorat qila olmaydi. Faqat taomning ta’mi va to‘yinganlik tuyg‘usiga diqqatni qaratib ovqatlanishga harakat qilish lozim. Taomning yangi ta’mi tezda to‘yinganlik hissini beradi va og‘irlik go‘yo sehr bilan kamayishni boshlaydi.

Shirinliklar bilan choy ichishni to‘xtating

Choy kaloriyali ichimlik ekanligi haqida ko‘plab qarashlar mavjud, chunki deyarli har doim shirinlik, tort va boshqa mahsulotlar, asosan, shakar qo‘shilgan mahsulotlar unga sherik bo‘ladi. Bunday choy ichishdan voz kechish har doim ham oson emas, chunki ko‘pchilik bolaligidan bu odatga o‘rgangan. Biroq shirinliklarni doim iste’mol qilish yaxshilikka olib kelmaydi. Vazn ortishi va turli surunkali kasalliklar xavfi vujudga keladi. Hech narsasiz choy ichishga ko‘nikish uchun esa biroz vaqt kerak bo‘ladi.

Tort va shokolad sotib olish o‘rniga, yaxshi choy tanlash muhim. Hatto bu tufayli choy marosimini ham tashkil qilish mumkin. Haqiqiy xitoy yoki hind choyi yorqin, boy ta’mga ega bo‘lib, ular uchun shirinlikning keragi yo‘q. Agar shirinliklarsiz choy ichish mutlaqo qiyin bo‘lsa, uni to‘liq ovqatlanish sifatida belgilash mumkin. Faqat nonushta va tushlik, keyin tushlik va kechki ovqat o‘rtasida, so‘ngra uxlashdan oldin bunday choy ichish odatini tashkil qilmaslik kerak. Uni boshqa ovqatlar bilan 3-4 soat oralig‘ida ichish mumkin. Bu ortiqcha ovqatlanishdan va natijada kilogrammning kamayishiga yordam beradi.

Piyoda yuring

Eng oddiy maslahat, ammo piyoda yurishning kuchi haqiqatan ham kam baholanadi. Bu nafaqat miyani chalg‘itishning ajoyib usuli, balki tanani yaxshi holatda saqlashda ham foydali. Albatta, yurish sport zalidagi doimiy mashg‘ulotlar o‘rnini bosa olmaydi, lekin holatni yaxshi saqlashga yordam beradi. Yurish paytida, ayniqsa, tez va to‘g‘ri yurilsa, barcha mushaklar ishlatilsa, yog‘lar deyarli eriydi. Uzoq masofaga iloji boricha tez-tez yurishga harakat qilib, bir oydan keyin o‘zgarishni sezish mumkin.

Mavzuga doir:

  • Xotirani mustahkamlashda yordam beradigan odatlar
  • Suv balansi, yoga va sifatli uyqu: Gollivud yulduzlarining o‘rnak olsa arziydigan foydali odatlari
  • Jigar salomatligini saqlashda yordam beradigan 3 ta odat
  • Immunitet pasayishiga olib keladigan kundalik odatlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.