Soch to’kilishi — sabablari, davolash, tashxislash, oldini olish
O'qildi: 293
Soch to’kilishi— sochlarning fiziologik yoki patologik to’kilish jarayonidir. Patologik soch to’kilishi sochning bir tekisda siyraklashishiga, ba’zi sohalarda qisman yoki umumiy siyraklik yoki to’liq kallikka olib keladi. Soch to’kilishining sabablari vitaminlar va mikroelementlar yetishmasligi, dorilarning nojo’ya ta’siri, gormonal va yuqumli kasalliklar, stress, irsiyat, noto’g’ri soch parvarishi bo’lishi mumkin. Ko’pincha, bu sabablarni bartaraf etish sochning tiklanishiga olib keladi.
Oqsillar iste’mol qilish. Soch oqsildan tashil topganligi sababli, kundalik ratsionda ular yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilish kerak.
Vitamin va mikroelementlar. Temir, kalsiy, rux va B vitamini sochlarning o’sishiga ijobiy ta’sir qilibgina qolmay, ularning to’kilishini oldini olishda ham muhim rol o’ynaydi.Soch uchun vitaminlar→
Tezda vazn tashlamaslik. Qat’iy parhezlar va tezda vazn tashlash bo’linayotgan soch follikullariga shok sifatida ta’sir ko’rsatishi, natijada soch tolalarining o’sishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Bosh terisi gigienasi. Ahamiyati yuqoridagilardan kam bo’lmagan yana bir yondashuv. Boshning sochli qismida yog’ning ortiqchaligi achitqi zamburug’larining ko’payishiga sharoit yaratadi. Ular o’z navbatida yog’larni yog’ kislotalarigacha parchalab, shu tariqa bosh terisiga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Bunda tez-tez yuvish ham, uzoq vaqt yuvmaslik ham salbiy ta’sirga ega.
Shu bilan birga, aksariyat kishilar hamrohlik qiluvchi omillarni yoddan chiqarishadi. Xususan, sochlarga shikastlovchi ta’sir ko’rsatadigan omillardan qochish kerak. Sochlarni me’yordan ortiq tortib o’rash va uzoq muddat shu holatda qoldirish bunga bir misol. Sochiq bilan qattiq artish, fen bilan tez-tez quritish ham sochlarga shikast yetkazadi. Bu omillarning ta’sirini minimal darajagacha cheklash kerak.
Manba
Soch to’kilishini oldini olish
Soch to’kilishini oldini olish usullari umumiy salomatlikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan. Sog’lom turmush tarzi bunga yaqindan ko’maklashadi. Bundan tashqari, quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish kerak:Oqsillar iste’mol qilish. Soch oqsildan tashil topganligi sababli, kundalik ratsionda ular yetarli miqdorda ekanligini nazorat qilish kerak.
Vitamin va mikroelementlar. Temir, kalsiy, rux va B vitamini sochlarning o’sishiga ijobiy ta’sir qilibgina qolmay, ularning to’kilishini oldini olishda ham muhim rol o’ynaydi.Soch uchun vitaminlar→
Tezda vazn tashlamaslik. Qat’iy parhezlar va tezda vazn tashlash bo’linayotgan soch follikullariga shok sifatida ta’sir ko’rsatishi, natijada soch tolalarining o’sishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Bosh terisi gigienasi. Ahamiyati yuqoridagilardan kam bo’lmagan yana bir yondashuv. Boshning sochli qismida yog’ning ortiqchaligi achitqi zamburug’larining ko’payishiga sharoit yaratadi. Ular o’z navbatida yog’larni yog’ kislotalarigacha parchalab, shu tariqa bosh terisiga qo’zg’atuvchi ta’sir ko’rsatadi. Bunda tez-tez yuvish ham, uzoq vaqt yuvmaslik ham salbiy ta’sirga ega.
Shu bilan birga, aksariyat kishilar hamrohlik qiluvchi omillarni yoddan chiqarishadi. Xususan, sochlarga shikastlovchi ta’sir ko’rsatadigan omillardan qochish kerak. Sochlarni me’yordan ortiq tortib o’rash va uzoq muddat shu holatda qoldirish bunga bir misol. Sochiq bilan qattiq artish, fen bilan tez-tez quritish ham sochlarga shikast yetkazadi. Bu omillarning ta’sirini minimal darajagacha cheklash kerak.
Manba: Mymedic
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.