Salomatlik Salomatlik Ramazonda sport mashg‘ulotlari va ovqatlanish: to‘lishib ketmaslikka yordam beradigan tavsiyalar

Ramazonda sport mashg‘ulotlari va ovqatlanish: to‘lishib ketmaslikka yordam beradigan tavsiyalar

O'qildi: 232


Ramazonda sport mashg‘ulotlari va ovqatlanish: to‘lishib ketmaslikka yordam beradigan tavsiyalar

Ramazon oyida hayot tarzi keskin o‘zgaradi, chunki ro‘zadorga kun davomida ovqatlanish mumkin emas. Tunda, ko‘plab jarayonlar, jumladan, ovqat hazm qilish va metabolizm sekinlashadi. Shuning uchun Ramazon oyida mashg‘ulotlar va ovqatlanishni har bir kishi o‘ziga moslashtirish uchun qayta ko‘rib chiqishi muhimdir. 

Foto: Pinterest

Jismoniy faollik

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Ramazon oyi sportdan voz kechish uchun sabab bo‘lolmaydi. Birinchidan, to‘g‘ri jismoniy faoliyat ortiqcha vazn to‘planishining oldini olishga yordam beradi. Ikkinchidan, dofamin, endorfin, serotonin va oksitotsin kabi gormonlar chiqarilishi tetik va ko‘tarinki kayfiyatga ega bo‘lishiga olib keladi.

Kardio mashg‘ulotlarini afzal ko‘rgan odamlar uchun buni iftordan bir soat o‘tgach qilish tavsiya etiladi. Ammo kuch-quvvat mashqlaridan keyin tetiklikni saqlab qolish uchun ularni saharlikkacha qilish yaxshiroq, undan keyin ovqatlanish mumkin.

Biroq Ramazon oldidan sport zaliga muntazam borishni uzoq vaqt e’tiborsiz qoldirganlar ushbu oyda ham mashg‘ulotlardan butunlay voz kechgan ma’qul. Ayniqsa, agar kunduzi mashq qilishni rejalashtirmoqchi bo‘lganlarga tegishli. Chunki suv ichishning iloji yo‘qligi va energiyaga boy oziq-ovqatlarning yetishmasligi hushdan ketishga olib kelishi mumkin.

Ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar

Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, Ramazonda taomlar imkon qadar tabiiy va foydali bo‘lishi kerak. Ro‘zadorlarning ratsionida kletchatka va oqsilga boy ovqatlar bo‘lishi maqsadga muvofiq. Birinchidan, ulardan keyin ochlik hissi uzoq vaqt davomida bezovta qilmaydi. Ikkinchidan, jismga ham unchalik og‘irlik bo‘lmaydi.

Juda shirin va sho‘r ovqatlardan voz kechish juda muhim. Bunday ovqatlanish tizimi bilan qattiq chanqoqni boshdan kechirish mumkin. Ortiqcha suyuqlik esa organizmda shish paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ichimliklar

Albatta, ro‘zadorning lablari birinchi bo‘lib suvga tegadi. Shuning uchun uning tarkibi va miqdori haqida ham o‘ylab ko‘rish lozim. Ko‘pchilik, ruxsat etilgan vaqtda qancha ko‘p suyuqlik ichsa, uzoq vaqt davomida chanqamaydi, degan noto‘g‘ri fikrga ishonadi. Ammo organizm suyuqlikni o‘zida to‘playdigan idish kabi tamoyilda ishlamaydi.

Shuning uchun mutaxassislar asta-sekin va qismlarga bo‘lgan holda 2,5 litr suyuqlik ichish me’yoriga rioya qilishni tavsiya qiladi. Bu sharbatlar, choy yoki qahvaga emas, balki toza suvga tegishli. Aytgancha, gazli va shirin ichimliklardan voz kechish organizm uchun yaxshi.

Suv tarkibiga kelsak, suyuqlikni limon, laym, zarchava, asal va zanjabil yordamida yanada foydali qilish mumkin. Ushbu mahsulotlar immunitet tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Tashqi ko‘rinish

Ba’zilar ro‘za tutish vaqtida vazni kamayib ketishidan xavotir oladi. Biroq 30 kun insonni tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartiradigan muddat emas. Albatta, vazn kamayishi yoki ortishi ham mumkin. Ammo faqat ratsion juda shunga mos bo‘lsa.

Mushaklar esa doimiy maqbul bo‘lgan faoliyatga rioya qilinsa, kuchli o‘zgarish bo‘lmaydi. Jismoniy faollik sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa ham, mushaklar massasi Ramazondan keyin tezda tiklanish imkoniga ega.

Mavzuga doir: Ro‘za tutish qandli diabet va teri kasalliklarining oldini oladi




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.