Salomatlik Salomatlik Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar

Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar

O'qildi: 287


Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar

Bayramgacha qancha kam vaqt qolsa, shunchalik ko‘p vazn yo‘qotish istagi paydo bo‘ladi. Kechki ziyofatda ajoyib libosda paydo bo‘lish uchun bir haftada 3-4 kilogrammni qanday yo‘qotish kerak?Ushbu natijaga erishish uchun mutaxassislar bir nechta tavsiyalar berib o‘tdi, deb yozadi Marie Claire.

Foto: Marie Claire

Birinchi qadam: hammasi suvdan boshlanadi

Avvalo bir yoki ikki hafta ichida organizmdagi yog‘lardan xalos bo‘lish ehtimoli yo‘qligini tushunish kerak. Bu vaqt ichida xavfsiz bajarilishi mumkin bo‘lgan barcha narsa organizmdagi ortiqcha suvni chiqarib tashlashdir. Ammo suvsizlanish xavfi, teri va sochni namlash zarurati haqida qanchalik tez-tez quloqqa chalinsa, ortiqcha suvning mavjudligi yanada ajablanarli. Aslida suyuqlik aynan qayerda to‘planishi muhim. Bu harakatlanayotgan qonda bo‘lsa yaxshi, ichki organ va hujayradan tashqari to‘qimalarda bo‘lsa yomon — ortiqcha suv shish, vazn va beldagi burmalarga olib keladi.

Ajablanarlisi shundaki, suyuqlikning to‘planishi va shish juda oz suv ichayotganlikni anglatadi. Ammo bu kuniga besh litr suv ichish qo‘shimcha santimetrdan xalos bo‘lishga yordam beradi degani emas. Moskva endokrinologlar assotsiatsiyasi a’zosi, nutritionist-endokrinolog Grigoriy Manushakyan kerakli suyuqlik miqdorini hisoblashni ma’lum qiladi: vazn X koeffitsienti 30 = kunlik suv iste’moli(ml). Og‘irlik 70 kilogramm bo‘lsa, u 30 ga ko‘paytiriladi, natija 2100 ml — bu kunlik suv iste’moli.

Suyuqlik organizmda to‘planmasligi uchun doktor Manushakyan ratsiondan quyidagi mahsulotlarni butunlay chiqarib tashlashni tavsiya qiladi: chips, tuzlangan yeryong‘oq, bodring, karam, dudlangan kolbasa va baliq, soya sousi, ketchup, shirinlik va qadoqlangan sharbatlar.

Ikkinchi qadam: Kaloriyani hisoblang

“Kaloriya iste’molini kamaytiring” — vazn yo‘qotmoqchi bo‘lganlar uchun eng ko‘p beriladigan maslahat. Bugungi kunda kuniga qancha kaloriya iste’mol qilishni tushunishda hech qanday qiyinchilik yo‘q, chunki barcha mahsulotlarning paketlarida tegishli ma’lumotlar mavjud.

Ammo parhezshunoslarning ogohlantirishicha, qancha kaloriya iste’mol qilish emas, balki uni qanday sarflanishi muhim. Masalan, oqsillar yog‘larning parchalanishiga sarflanadi. Biroq uglevodlarni iste’mol qilishni keskin kamaytirish yoki yog‘ni butunlay ratsiondan chiqarish jiddiy muammolarga olib keladi.

Mutaxassislar oqsil, yog‘ va uglevodlarning tabiiy muvozanatini saqlashni maslahat beradi, ular organizmga osonroq singib ketadi:

  • Oqsillar: tuxum, tvorog, yogurt, yog‘siz baliq, tovuq yoki kurka filesi.
  • Yog‘lar: zaytun yog‘i, yong‘oqlar.
  • Uglevodlar: don, no‘xat, loviya.
Uchinchi qadam: mukammal tarelka hozirlang

Parhez bo‘yicha mutaxassis Inga Davtyan “Oziq-ovqat plastinkasi” deb nomlanuvchi texnikani tavsiya qiladi. Kilogramm yo‘qotish nafaqat tez, balki foydali bo‘lishi uchun tekshiruvdan o‘tish va kerakli vitaminlarni qo‘shish muhimdir. Ammo ideal holda, kuniga 2-3 ta asosiy taom(masalan, nonushta va tushlik)kichkina tarelkaga to‘g‘ri kelishi va tarkibi quyidagicha ko‘rinishi kerak:

  • 1/2 — xom sabzavotlar;
  • 1/4 — butun don;
  • 1/4 — foydali oqsillar.
Inga Davtyan tez vazn yo‘qotish uchun yana uchta oddiy qoidani qo‘llashni maslahat beradi:

Qovurilgan mahsulotlarni dimlangan, qaynatilganlari bilan almashtiring. Pechda pishirilgan katta kartoshkada 220 kkal va 1 gramm yog‘ mavjud. Yog‘da qovurilgan kartoshka 700 kkal va 30 gramm yog‘ni o‘z ichiga oladi.

Kuniga 5-6 marta oz-ozdan ovqatlaning. Ovqatlar orasidagi tanaffuslar paytida oshqozon shilliq qavati ochlik tuyg‘usini keltirib chiqaradigan va kuchaytiradigan grelin gormonini ishlab chiqaradi. Tanaffus qanchalik qisqa bo‘lsa, grelin konsentratsiyasi shunchalik past bo‘ladi.

Ovqatdan 15 daqiqa oldin bir stakan suv iching. Ovqatdan keyin esa faqat 1 soatdan keyin ichish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.