Salomatlik Salomatlik To‘satdan bosh aylanishi: e’tiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan 5 jiddiy sabab

To‘satdan bosh aylanishi: e’tiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan 5 jiddiy sabab

O'qildi: 316


To‘satdan bosh aylanishi: e’tiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan 5 jiddiy sabab

Ko‘pchilikka to‘satdan bosh aylanishi tanish holat. Sog‘liq yomonlashadi, hatto muvozanat ham yo‘qolishi mumkin. Albatta, ushbu alomatlarni shunchaki o‘tkazib yubormaslik kerak. Vaqtida shifokorga murojaat qilish davolash vaqtini qisqartirishga yordam beradi. “Lisa.ru” nashri bosh aylanishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan 5 ta jiddiy sabab haqda so‘z yuritdi.

Foto: “Lisa.ru”

Gipotoniya

Ko‘pincha gipotoniya — past qon bosimiga moyil bo‘lganlar odamlar bosh aylanishidan aziyat chekadi. Tonometrning ko‘rsatkichi me’yordan pastga tushganda, miya qon bilan yetarli darajada ta’minlanmaydi va kamroq kislorod oladi. Shuning uchun organizmning holati yomonlashadi. Bu holat ko‘pincha ta’sirchan asab tizimiga ega bo‘lgan o‘g‘il va qizlarda, organizmdagi gormonal o‘zgarishlar paytida o‘smirlarda, shuningdek, hayzning ma’lum davrlarida yoki menopauza yoshidagi ayollarda uchraydi.

Tonometrning ko‘rsatkchi muntazam ravishda 95/60 mmni ko‘rsatadi, tezda charchash, bosh og‘rig‘idan azob chekish, ba’zida hushdan ketish ham mumkin. Bu gipotoniyaning belgilari bo‘lib, bosimni me’yorga keltirish va qon tomirlarini mustahkamlash uchun tongni kontrastli dush bilan boshlash tavsiya etiladi. Bu organizmning tonusini oshiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va umuman kayfiyatni ko‘tarishga yordam beradi. Bundan tashqari, sport bilan shug‘ullanish lozim. Suzish, fitnes, yoga bilan shug‘ullanish — uzoq vaqt davomida bosh aylanishini unutishga yordam beradi.

Ortostatizmlar

Ortostatik bosh aylanishi — organizmdagi qonning qayta taqsimlanishi bilan bog‘liq. Ko‘pincha bu uyqudan keyin, odam to‘satdan tik turganda paydo bo‘ladi. Bunday hodisalar uzoq vaqt davomida harakatsiz o‘tirib, birdan tik turganda ham yuz beradi. Keksa odamlarda esa bosh aylanishi hatto stuldan keskin ko‘tarilganda ham paydo bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda qon organizmning pastki qismiga o‘tadi va miya tomirlariga qon ta’minoti birlashtiriladi. Kamdan kam hollarda, bu ortostatik kollaps — ongni yo‘qotishga olib kelishi mumkin.

To‘satdan bosh aylanganda, sekin va xotirjamlik bilan boshni pastga tushirish kerak. Iloji bo‘lsa, divan yoki yotoqda oyoqlarni biroz ko‘tarib dam olishga harakat qilish lozim.

Vestibulyar bosh aylanishi

Bosh aylanishining eng jiddiy shakli vertigo deb ataladi. Bu atrofdagi hamma narsa aylanganga o‘xshaydi. Ba’zida bunday bosh aylanishi ko‘zni yumganda ham yo‘qolmaydi. Bosh aylanishi ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga kuzatilishi mumkin. Vertigo bilan odam mehnat qilishga bo‘lgan qobiliyatini yo‘qotadi, o‘rnidan turolmaydi va yurishga kuchi yetmaydi. Vertigoning eng keng tarqalgan sabablari umurtqa pog‘onasi kasalliklari, vestibulyar apparatlar bilan bog‘liq ichki quloq kasalliklari, miya qismlaridan birining disfunksiyasidir.

Ochlik

Bosh aylanishi miyaning yetarli energiya ololmasligining belgisi bo‘lishi mumkin. Uni organizm uglevodlardan ishlab chiqaradigan glyukozadan oladi. Hujayralarda uglevodlar yetarli bo‘lmaganda, bosh aylana boshlaydi. Shu bilan birga, qattiq parhezlar, ovqatlanish oralig‘idagi uzoq tanaffuslar, organizmdagi uglevod almashinuvining buzilishi, qandli diabet va oshqozon kasalliklari ham gipoglikemik holatlarda qondagi glyukoza darajasi keskin pasayadi, bu ko‘pincha qonda glyukoza darajasining pasayishiga olib keladi.

Shuning uchun nonushtani o‘tkazib yubormaslik lozim. Ertalab yorma yoki sendvichni bir bo‘lak pishloq va salat bargi bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, sutli bir chashka qahva yoki shakarli choy ichish ham mumkin. Shakar miya hujayralarini zarur yoqilg‘i bilan ta’minlaydi, murakkab uglevodlar asta-sekin so‘riladi va qonda shakar darajasini uzoq vaqt davomida ushlab turadi. Bundan tashqari, har doim banan, olma yoki apelsin kabi foydali gazaklar iste’mol qilish lozim. Ular organizm tomonidan asta-sekin so‘riladi, uzoq vaqt davomida ochlikni unutishga yordam beradi va 1-1,5 soat davomida qonda shakarning maqbul darajasini saqlab turishga qodir.

Stress

Kuchli salbiy his-tuyg‘ular markaziy asab tizimining tartibga solish mexanizmlari faoliyatini buzishi va yurak urishining tezlashishi, bosh og‘rig‘i, bosimning oshishi, organizmning ayrim qismlarining uvishishi va bosh aylanishi birga kuzatilishi mumkin. Nafas olish mashqlari, meditatsiya salomatlikni tiklashga yordam beradi.

Bosh aylanishida birinchi yordam

  • Bosh barmoq bilan kindik ostidagi ikki barmoqli nuqta massaj qilinadi.
  • Quloq orqasidagi bo‘shliq, pastki jag‘ va bosh suyagi o‘rtasida joylashgan nuqtalar massaj qilinadi.
Nafas olish mashqlari
  • Tizza bilan o‘tiriladi, bir qo‘l oshqozonga, ikkinchisi son ustiga qo‘yiladi. Sekin nafas olinadi va chiqariladi. Qorin devori qanday harakat qilishini his qilish kerak.
  • Ko‘krak qafasi kaftlar bilan ushlanadi. Nafas olayotganda ko‘krak qafasi ko‘tariladi. Nafas chiqarayotganda, havoni siqib chiqarayotgandek, qo‘llar bilan ozgina bosiladi.
  • Qorin bo‘shlig‘i mushaklari tortiladi. Nafas olayotganda yelka va yuqori ko‘krak qafasi ko‘tariladi, nafas chiqarayotganda ular tushiriladi va shu bilan birga dam olinadi.
Aromaterapiya
  • O‘zingiz bilan lavanta efir moyini olib yuring.
  • Xuruj yaqinlashayotganini his qilganingizda, uni ro‘molchaga bir tomchi tomizib, burunga yaqin keltirish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.