Salomatlik Salomatlik Xuddi shirinliklardek: shakar miqdori yuqori bo‘lgan meva va rezavorlar

Xuddi shirinliklardek: shakar miqdori yuqori bo‘lgan meva va rezavorlar

O'qildi: 349


Xuddi shirinliklardek: shakar miqdori yuqori bo‘lgan meva va rezavorlar

Hatto parhez tutayotganlar ham ba’zi meva va rezavorlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Bir tomondan ular shirinliklarga qaraganda ancha foydali, boshqa tomondan, ularga tobe bo‘lib qolmaslik kerak, chunki ularda ham shakar miqdori juda ko‘p. “Lisa.ru” nashri tarkibida shakar miqdori yuqori bo‘lgan meva va rezavorlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: Pinterest

Ushbu meva va rezavorlarni hatto vazn yo‘qotishda ham iste’mol qilish mumkin, ammo ko‘p emas. Eng muhimi, ularni shirinliklardan ko‘ra sog‘lomroq deb o‘ylab, o‘rganib qolmaslik kerak. Bu mutlaqo to‘g‘ri emas, chunki ular juda ko‘p miqdorda shakarga ega.

Mango

Uning tarkibida kletchatka va boshqa ko‘plab foydali moddalar mavjud. Ammo shakar ham bor — masalan, bitta mangoda 46 gramm shakar bo‘lib, vaznni kamaytirishni istaganlar uchun yaxshi tanlov emas.

Uzum

Bunday rezavorlarning bir qismi taxminan 23 gramm shakarni o‘z ichiga oladi. Uning shifobaxsh xususiyatlari talaygina, agar me’yorida iste’mol qilinsa.

Gilos

Bir stakan gilosda 18 gramm shakar bor. Meva orqali qancha shakar iste’mol qilishni hisobga olib, ratsionga kiritish mumkin. Shuning uchun ham uni tanovul qilishda me’yorga e’tibor qaratish zarur.

Nok

Bitta o‘rtacha nokda 17 gramm shakar bor. Agar shakar iste’molini kamaytirishga harakat qilsangiz, uni to‘liq iste’mol qilmaslik zarur. Faqat bir nechta bo‘laklarni yog‘siz yogurt yoki salatga solish tavsiya etiladi.

Tarvuz

Ushbu mevaning o‘rtachasida 17 gramm shakar mavjud. Shu bilan birga, u suvga boy va elektrolitlar deb ataladigan maxsus minerallarni o‘z ichiga oladi. Ammo uni umuman rad qilmaslik kerak, shunchaki bir yoki ikki bo‘lak bilan cheklanish kifoya.

Anjir

Ikkita o‘rtacha anjir 16 gramm shakarni tashkil qiladi. Anjirdan birdaniga ko‘p iste’mol qilish natijasida shakar miqdori oshib ketadi.

Banan

Bitta o‘rtacha banan tarkibida 14 gramm shakar mavjud. Uning yarmini bir stakan suli yormasiga qo‘shish mumkin.

Shakar miqdori kam bo‘lgan meva va rezavorlar

Foto: “Lisa.ru”

Ushbu meva va rezavorlarni shakar miqdoridan qo‘rqmasdan iste’mol qilish mumkin.

Avokado. Uning tarkibida atigi 1,33 gramm shakar bor. Ammo shuni yodda tutish kerakki, u yuqori kaloriyali meva hisoblanadi, shuning uchun uni har kuni iste’mol qilmaslik kerak.

Malina. Rezavor tarkibida ko‘p miqdorda kletchatka mavjud — bir stakan malinada 8 gramm kletchatka va atigi 5 gramm shakar bor. Kletchatka ovqat hazm qilish uchun foydalidir va uzoq vaqt davomida to‘qlik hissini beradi.

Qovun. Uning tarkibida 5 gramm shakar va 23 kaloriya mavjud.

Qulupnay. Bir stakan qulupnay tarkibida atigi 7 gramm shakar bor. Ushbu mavsumiy mahsulotdan to‘yib iste’mol qilish mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.