Salomatlik Salomatlik Tunda yo‘tal tutsa nima qilish kerak?

Tunda yo‘tal tutsa nima qilish kerak?

O'qildi: 456


Tunda yo‘tal tutsa nima qilish kerak?

Yoshi katta insonlarda tungi yo‘tal kun davomida namoyon bo‘lmaydi va bu organizmda qandaydir kasalliklar mavjudligini ko‘rsatadi. Wday nashri tomonidan ikki turdagi quruq va nam yo‘talning sabablari haqida bir qancha ma’lumotlar taqdim etildi. 

Foto: Wday

Nima uchun quruq yo‘tal kechasi kuzatiladi?

Quruq yo‘talning belgilari — tomoq og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, bo‘g‘ilish va nafas qisilishi. Xonadagi sovuq quruq havo va uxlab yotgan odamning noqulay holati nafas olish yo‘llarini to‘sib qo‘yadi va ularning shilliq pardalarini bezovta qiladi.

Kechasi inson organizmdagi barcha jarayonlar sekinlashadi, shuning uchun balg‘am to‘planadi. Yo‘talni keltirib chiqaradigan jiddiy kasalliklarga quyidagilar kiradi:

  • bronxit;
  • astma;
  • yurak muammolari;
  • allergiya;
  • oshqozon-ichak traktining noto‘g‘ri ishlashi.
Bo‘g‘uvchi yo‘tal kislorod yetishmasligi tufayli yuzaga keladi. Yurak yetishmovchiligi bilan nafas qisilishi va yurak urishining tezlashishi paydo bo‘ladi. Oshqozondagi noqulaylik ovqat hazm qilish traktining noto‘g‘ri ishlashini ko‘rsatadi, chunki qizilo‘ngachning asab tugunlari bezovtalanadi yoki uning kislota balansi buziladi.

Xatarli o‘smalar va o‘pka tuberkulyozi aortaning kengayishi yoki kengaygan limfa tugunlari tufayli rivojlanishi mumkin bo‘lgan jiddiy kasalliklardir. Bunday holda, yo‘tal quruq yoki ho‘l bo‘lishi mumkin. Allergiya va astma bilan og‘rigan odamlarda chang, tuk va patlar tungi yo‘talni qo‘zg‘atadi. Ular tomoqqa tushib, shilliq qavatda harakat qila boshlaydi va yo‘tal boshlanadi.

O‘tkir tomoq og‘rig‘ida balg‘am to‘planib, nam yo‘tal paydo bo‘ladi. Bu quyidagi hollarda sodir bo‘ladi:

  • O‘RVI;
  • virusli va yuqumli kasalliklar;
  • astma;
  • o‘pka saratoni;
  • sil kasalligi;
  • shilliq qavatning yallig‘lanishi;
  • oshqozon-ichak traktidagi buzilishlar.
Agar sabab virusli va yuqumli kasalliklardan bo‘lsa, u holda yo‘tal bilan birga qusish, yuqori tana harorati, zaiflik va bosh aylanishi kuzatiladi. Qon bilan balg‘am, titroq va isitma sil va onkologik kasalliklar bilan yuzaga keladi.

Surunkali kasalliklarda quruq yo‘tal ho‘l bo‘ladi. Nam va quruq yo‘tal ba’zan bel, ko‘krak, yonbosh, qovurg‘alar va umurtqa pog‘onasidagi og‘riqlar bilan birga keladi.

Tungi yo‘talni qanday to‘xtatish kerak?

Birinchidan, yotoqdan turish va biroz oldinga egilish lozim. Keyin tik turib, qo‘llar ko‘tariladi.

Agar uyda dorivor o‘simliklarning quruq gullari va barglari bo‘lsa, ulardan damlama tayyorlash mumkin. Shuningdek, xonadagi havo namlanadi. Balg‘am yig‘ilmasligi uchun uxlashda baland yostiq kerak bo‘ladi. Keng kiyim kiyish tavsiya etiladi. Iste’mol sodasidan ingalyatsiya qilishi mumkin: idishga 2-3 osh qoshiq iste’mol sodasi va ustiga 1 litr qaynoq suv quyiladi, sochiq bilan yoping va issiq bug‘dan nafas olinadi.

Kechasi yo‘talish xuruji o‘tib ketmasa va uy sharoitida davolanish yordam bermasa, tez yordam chaqirish tavsiya etiladi. Yo‘tal bezovta qilmaganda ham, tibbiy ko‘rikdan o‘tib turish lozim.

Mavzuga doir:

  • Tomoqdagi bodomsimon bezlarni oldirish kerakmi yoki yo‘q?
  • Allergiyaning ko‘pchilik e’tibordan chetda qoldiradigan kutilmagan belgilari
  • Legioner kasalligi, suvsizlanish va konditsioner tufayli kelib chiqadigan salomatlik bilan bog‘liq muammolar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.