Salomatlik Salomatlik Muntazam ravishda achchiq taomlar iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi?

Muntazam ravishda achchiq taomlar iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi?

O'qildi: 396


Muntazam ravishda achchiq taomlar iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi?

Tabiiyki, hamma taomlar ham ishtahani ochmasligi mumkin. Bunday paytlarda sous va ziravorlar yordamga keladi. Ko‘pchilik achchiq taomni yaxshi ko‘radi, ayniqsa xitoy va koreys oshxonalarini sevuvchilar. Ammo ularni har kuni iste’mol qilish natijasida organizmda qanday o‘zarish yuz beradi?Grazia nashri ushbu savolga javob berdi.

Foto: Pinterest

Metabolizmni tezlashtiradi

Achchiq taom iste’mol qiladigan har bir kishi uning nojo‘ya ta’sirlari haqida biladi: kuchli terlash, ko‘z yoshlanishi, yurak urishi tezlashishi va nafas siqilishi. Yaxshi tomoni shundaki, ko‘plab ziravorlarning bir qismi bo‘lgan va ovqatga juda achchiq ta’m beradigan chili qalampirida kapsaitsin mavjud. Ushbu modda metabolizmni tezlashtiradi, bu esa vazn yo‘qotishni osonlashtiradi.

Yurak xastaliklari xavfini kamaytiradi

Doktor Kerri Lamning so‘zlariga ko‘ra, achchiq taom iste’mol qiladigan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari — insult va yurak xurujlari kamroq kuzatilishi aniqlangan. Gap shundaki, kapsaitsin organizmdagi yallig‘lanish jarayonlarini sekinlashtirishga yordam beradi va xolesterin darajasini pasaytiradi.

Kayfiyatni ko‘taradi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ziravorlar kayfiyatni ko‘taruvchi gormon — serotoninningfaoliyatini kuchaytiradi. Bu stress va tashvishdan xalos bo‘lishga yordam beradi va kun davomida inson o‘zini yaxshi his qiladi.

Ovqat hazm qilish tizimi bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin

Achchiq ovqat og‘izda achishish hissini keltirib chiqaradi va qizilo‘ngach va oshqozon-ichak traktining shilliq qavatini bezovta qiladi. Shu sababli, oshqozon kislotasi oshqozon-ichak traktiga quyilib, bu sohada noqulaylik va og‘riqni keltirib chiqarishi mumkin.

Uyqu sifati yomonlashadi

Mutaxassislar kechki ovqat uchun achchiq taomlar iste’mol qilishni tavsiya etmaydi, aks holda tun bo‘yi uyqusizlik qiynashi mumkin. Buning sababi shundaki, achchiq ziravorlar tana haroratini ko‘taradi, ular ham yurak urishini tezlashtirishi mumkin.

Mavzuga doir:

  • Go‘sht iste’mol qilish to‘xtatilsa, organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi?
  • Hazm qilish jarayonini qanday yaxshilash mumkin?Oshqozon uchun foydali bo‘lgan 5 mahsulot
  • Fastfud restoranidagi qaddi qomatga zarar yetkazmaydigan yeguliklar
  • Qanday mahsulotlarni birgalikda iste’mol qilmaslik kerak?Salomatlikka zarar yetkazmaslik uchun 5 ta asosiy taqiq


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.