Salomatlik Salomatlik Saratonning oldini olamiz

Saratonning oldini olamiz

O'qildi: 264


Saratonning oldini olamiz

Agar sizni saratonning oldini olish qiziqtirsa, yashash tarzingizdagi salgina o‘zgarish ham katta ahamiyatga ega. Shifokorlar maslahatiga amal qilsangiz, bu sizni halokatli kasallikdan qutqazishi mumkin.

Foto: “Onliner.by”

Chekmang

Tamakining har qanday turini qo‘llash saraton xavfini keltirib chiqaradi. Chekish va saratonning ko‘plab – o‘pka saratonidan tortib buyrak va boshqa turlari o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Hatto o‘zingiz chekmasangiz ham, yoningizdagilarning chekishi o‘pka saratoni xavfini oshiradi. Chekishni tashlash – sog‘liqni yaxshilashning asosiy usullaridan biri va saratonning oldini olishning muhim qismi hisoblanadi.

Sog‘lom ovqatlar yeng

Sabzavot va mevalarni ko‘p yeng. Mevalar, sabzavotlar va boshqa o‘simliklardan olinadigan loviya kabi va yaxlitdonli mahsulotlarni kundalik iste’molingizning asosiga aylantiring.

Yog‘ iste’mol qilishni kamaytiring. Yog‘li, ayniqsa hayvon yog‘i qo‘shilgan taomlardan voz keching. Ulardagi yuqori kaloriya ortiqcha vazn to‘planish va buning natijasida esa saraton bilan kasallanish xavfini oshiradi.

Vazningizni kuzatib boring va jismonan faol bo‘ling

Normal og‘irlikni saqlab turish turli xildagi saraton xavfini kamaytirishi mumkin. Jismoniy faollik ham katta ahamiyatga ega. U vaznni kamaytirishga yordam beradi, sut bezlari va yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytiradi.

Teringizni quyoshdan himoya qiling

Teri saratoni – saratonning ko‘p uchraydigan turlaridan biri, lekin uning oldini olish oson. Quyidagilarga rioya qiling:

— Tush paytidagi quyoshdan saqlaning. Quyosh nurlari kuchli bo‘lgan vaqtlarda – ertalab soat 10 dan kunduz soat 4 gacha quyoshga chiqmang.

— Quyoshdan himoya qiluvchi ko‘zoynaklar va kremlardan foydalanishni unutmang.

Muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘ting

Muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tish – saratonni ertaroq aniqlash imkoniyatini beradi, bu esa o‘z navbatida muvaffaqiyatli davolash ehtimolini oshiradi.

Manba: “Zdrav.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.