Salomatlik Salomatlik Tuz: dushmanmi yoki do‘st?

Tuz: dushmanmi yoki do‘st?

O'qildi: 256


Tuz: dushmanmi yoki do‘st?

Tuzni hamma “oq o‘lim” deb atasa ham, lekin uni ovqatga ishlatishda davom etadi. Dunyodagi eng mashhur bu ziravorga teng keladigani yo‘q va u ko‘pchilik oziq-ovqatlar, taomlar tarkibida bor. Tuz — nafaqat qo‘shimcha, balki u yana ajoyib konservant ham. Asrlar davomida turli xil oziq-ovqatlarni tuzlash yordamida saqlab kelganlar, bugungi kunda esa tuz — murakkab tarkibli oziq-ovqatlarning eng kerakli masallig‘i hisoblanadi.

Foto: Shutterstock

Haqiqatan ham tuz o‘zi nima?

Tuz eng muhim ozuqa moddasi hisoblanadi va inson tanasining unga ehtiyoji bor. Odam uchun sutkalik me’yor bir kunda bir choy qoshiqni tashkil qiladi.

Dengiz tuzi va yerdan qazib olinadigan tuz orasida unga ishlov berilish boshlangunga qadar hech qanday farq yo‘q. Zavodlarda ishlov berishda xom ashyodan kalsiy, kaliy, magniy, sulfat va ftoridlar olib tashlanadi. Natijada do‘konlarda sotiladigan osh tuzi hosil bo‘ladi. Dengiz tuzi osh tuzining tarkibida bo‘lmagan mikroelementlarga ega. Osh tuziga qoidaga asosan qo‘shimcha elementlar qo‘shiladi. Odatda bu yod va yopishishga qarshi moddalardir.

Qancha ko‘p tuz yesangiz, buyraklarning ishi shuncha qiyinlashadi. A’zolarning hamma kuchi ortiqcha natriyni qayta ishlashga sarf bo‘ladi. Shunga qaramasdan qonda ortiqcha tuzlar yig‘iladi va og‘irlik yurakka uzatiladi. Bu tomirlardagi bosimni oshiradi va og‘irlik butun organizm bo‘ylab tarqaladi.

Xulosa: agar iloji bo‘lsa, ortiqcha chimdim tuzdan yoki paketdagi tuzli yong‘oqlardan voz keching. Shuni unutmangki, bu ziravor buyrak faoliyatini yomonlashtiradi, unda toshlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va qon bosimini oshiradi.

Manba: “Steaklovers.menu”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.