Xavotirlik hissi, uyqusizlik — bu bizning salbiy fikrlardan yengilganimiz belgisi hisoblanadi. Bir necha amallarga rioya qilish yashashga bo‘lgan ijobiy munosabatni qaytarishga yordam beradi.
Foto: Shutterstock
Vaqt ajratish
Salbiy fikrlarni yengishning oddiy yo‘li — ularga bir kunda bor-yo‘g‘i 10 daqiqadan vaqt ajratish. Endi butun kuningizni qayg‘uli o‘ylarga bag‘ishlashning o‘rniga qat’iy belgilangan soatlardagina “yomon narsalar to‘g‘risida o‘ylaysiz”. Shunday qilib bir necha mashg‘ulotlar davomida siz o‘z fikrlaringiz va hissiyotlaringizni boshqarishni o‘rganasiz.
Sevgining kuchi
Salbiy fikrlar bilan kurashishning o‘rniga ulardan ham kuchliroq bo‘lgan tuyg‘u — sevgi yordamida ularni yengishga harakat qiling. Ko‘proq vaqtingizni o‘zingiz haqiqatan ham sevadigan odamlar: oilangiz, yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan o‘tkazishga harakat qiling.
Televizor ko‘rishdan voz keching!
Olimlarning ta’kidlashicha ertalab televizordan uch daqiqalik yangiliklarni ko‘rish butun kun davomida salbiy fikrlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ijobiy kayfiyat esa aksincha kunni yoqimli va unumli o‘tkazishga yordam beradi. Shuning uchun o‘zingizni salbiy ta’sirlardan himoya qilish yo‘llarini topishga harakat qiling — boshlanishi uchun ertalab yangiliklarni tomosha qilishni bas qiling.
Sport bilan shug‘ullaning
Jismoniy mashqlar salbiy fikrlar bilan kurashishning asosiy qurollaridan biri hisoblanadi. Yoga, yugurish, meditatsiya, piyoda sayr qilish — sport bilan shug‘ullanish qayg‘urish va xavotirlik hislaridan qutulishga yordam beradi. Asosiysi — mashg‘ulotlarga muntazam ravishda, hech bo‘lmasa bir haftada bir marta qatnashish.
Manba: “Woman.ru”
Manba