Salomatlik Salomatlik Immunitetga zarar beruvchi 6 narsa

Immunitetga zarar beruvchi 6 narsa

O'qildi: 283


Immunitetga zarar beruvchi 6 narsa

Agar siz immun tizimingizning sog‘lom bo‘lishini istasangiz, o‘zingizning odatlaringiz to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.

Foto: Depositphotos
  1. Uyquga to‘ymaslik

Siz uxlab yotganingizda immun tizimining bakteriya va viruslarga qarshi kurashishni o‘rgatishga javobgar bo‘lgan qismi faollashadi. Agar siz to‘yib uxlamasangiz immun tizimi unchalik samarali ishlamaydi. Immunitet yaxshi bo‘lishi uchun bir sutkada 7-8 soat uxlashingiz kerak.
  1. Harakatsiz yashash tarzi

Jismoniy faollikning yetishmasligi immunitetni yomonlashtiradi. Sport bilan kam shug‘ullanadiganlar nafas yo‘llari kasalligi bilan jismoniy faol odamlarga qaraganda o‘rtacha olganda 42 foizga uzoqroq kasallanadilar. Har kuni hech bo‘lmasa bir necha jismoniy mashqlar bajarishga harakat qiling.
  1. Yolg‘izlik

Agar ko‘proq vaqtingizni yolg‘izlikda o‘tkazsangiz, sizda noradrenalin miqdori ko‘tariladi. Tang vaziyatlarda bu gormon yaralarning bitishiga yordam beruvchi oq qon tanachalarining yuzaga kelishiga javob beradi. Lekin agar noradrenalin darajasi uzoq vaqt me’yoridan oshiq bo‘lsa, u immun tizimining bir qismini bekitib qo‘yadi va sizni infeksiya kasalliklariga chalinishga moyil qilib qo‘yadi.
  1. Doimiy stress

Agar siz uzoq vaqt davomida qayg‘ursangiz immun tizimingiz yomon ishlay boshlaydi. Masalan, stress holatidagi odamlarda shamollashga chalinish imkoniyati sezilarli darajada yuqoriroq bo‘ladi.
  1. Yaqinlaringizning kuchsiz immuniteti

Uzoq vaqt birga yashagan odamlarning immun tizimlari o‘zaro o‘xshash bo‘lib qoladi. Bunga qisman umumiy odatlar sabab bo‘ladi. Agar yaqinlaringizning immuniteti kuchsiz bo‘lsa, unda o‘zingiznikiga ham e’tibor bering. Balki siz odatdagi yashash tarzingizni o‘zgartirishingiz lozimdir.
  1. Antibiotiklar

Antibiotiklarni iloji bo‘lmay qolgan eng oxirgi holatlarda qo‘llash lozim. Ular sizning immun tizimingiz va bakteriyalar orasidagi har qanday o‘zaro ta’sirlarni yo‘q qiladi. Shuning uchun antibiotiklar kasallikni tezroq yengishga yordam beradi, lekin sog‘ayganingizdan keyin immun tizimingiz oldingidan ko‘ra kasallikka ko‘proq moyil bo‘lib qoladi.

Manba: The Challenger




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.