Salomatlik Salomatlik Uyqu qanday qilib ozishga yordam beradi?

Uyqu qanday qilib ozishga yordam beradi?

O'qildi: 338


Uyqu qanday qilib ozishga yordam beradi?

Sog‘lom uyqu qanday qilib parhez saqlashga, mashq qilishni sevishga va ortiqcha vaznni kamaytirishga yordam berishini ko‘rib chiqamiz.

Foto: Flickr

To‘yib uxlamaslik ortiqcha yeyishga olib keladi

Amerikalik olimlar quyidagicha tajriba o‘tkazdi: ular ikkita to‘rt kunlik sessiyaga ko‘ngillilar guruhini taklif qildi. Birinchi to‘rt kun ichida qatnashchilar 8 soatdan, ikkinchisida esa 4,5 soatdan uxladi. Butun tajriba davomida ular bir xil taomlarni yedi, to‘rtinchi kun esa taomnomaga konfet, chips va pechenyelar qo‘shildi. Qatnashuvchilar kam uxlagan ikkinchi sessiyadan keyin ularda shirinlik va zararli tamaddilarga moyillik kuzatildi.

Yaxshi uyqu parhez saqlashga yordam beradi

2012-yilda Kaiser Permanente Center for Health Research tadqiqotchilari tajriba o‘tkazdi. Unda 500 ga yaqin ortiqcha vaznli kishilar qatnashdi. Tajriba boshlanishidan sutkasiga 6-8 soatdan uxlay boshlagan kishilar 6 soatdan kam uxlagan kishilarga qaraganda ikki marta tezroq o‘z vaznini kamaytirdi. To‘yib uxlagan qatnashchilarda energiya darajasining yuqoriroq va stress darajasining esa pastroq ekanligi aniqlandi.

To‘yib uxlash mashq qilishni sevishga yordam beradi

Kam uxlaydigan kishilar ko‘pincha yugurishga chiqishning o‘rniga televizor qarshisida yarim soat bo‘lsa ham ortiqcha o‘tirishni ma’qul ko‘radi. Bunga sabab — mashq qilish uchun energiyaning yetishmasligi.

Kaiser Permanente Center for Health Research tadqiqotchisi Charlz Elder:

Faol tarzdagi mashg‘ulotlar va vaznni kamaytirish ko‘p miqdorda energiya talab qiladi. Yetarlicha uxlamaslik natijasida sizning kuchlaringiz ertami-kechmi tugab  qoladi. Uyqu kun bo‘yiga yetadigan energiya bilan ta’minlaydi, sport bilan shug‘ullanish uchun energiyangiz yetarli bo‘lsagina vaznni kamaytirish ancha oson bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.