Qanday qilib ovqatlanish yordamida ko‘rish qobiliyatini yaxshilash mumkin?
O'qildi: 263
Uzoq vaqtlardan buyon tibbiyot insonning eng qimmatli tuyg‘usi – ko‘rish qobiliyatining normal faoliyat ko‘rsatishini saqlab qolish uchun har xil usullar va vositalarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Ko‘plab dorivorli usullar, gimnastika va massaj ko‘rish qobiliyatining pasayib ketishini to‘xtatishga yordam beradi. Shu bilan bir qatorda parhezshunos shifokorlar bu a’zoni rag‘batlantirish uchun quyidagi oziq-ovqatlardan foydalanishni qattiq turib tavsiya qilishmoqda.
Foto: Shutterstock- Greypfrutlar. Sitruslilarga xos bo‘lgan aynan taxirroq modda ko‘rish qobiliyatining o‘tkirligini qaytarishga bebaho yordam ko‘rsatadi. Shu sababli mevalarning siqilgan sharbatidan ko‘ra etlari bilan birgalikda foydaliroq bo‘lgan yupqa pardasini olib tashlamasdan butunicha ishlatish kerak.
- Karam. Tuzlangan karamda K vitamini ko‘proq bo‘ladi. Bu vitamin ko‘rish qobiliyatining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Lekin unga haroratli ishlov berilganda K vitamini parchalanib ketadi.
- Klyukva va limon ko‘rish qobiliyati uchun C vitaminining manbasi sifatida zarur bo‘ladi. Organizmni bu vitaminlar bilan ta’minlash uchun qalampir yoki qora qorag‘at iste’mol qilish juda foydali.
- Oq qovoq urug‘lari, yong‘oqlar ko‘z uchun juda muhim bo‘lgan rux moddasining manbasi hisoblanadi. Salatdagi qovoq urug‘lari karam bilan birgalikda ko‘zning yorug‘likka bo‘lgan sezgirligini pasaytirishga yordam beradi.
- Bu rezavor meva tarkibidagi foydali moddalarning to‘liq to‘plamini ta’riflab bo‘lmaydi. Oftalmologlar chernikaning shifobaxsh xususiyatlarini anchadan beri bilishadi, shuning uchun o‘zlarining bemorlariga bu shifobaxsh mevani muntazam ravishda iste’mol qilib turishni tavsiya qilishadi.
Manba: “Zdorovie.com”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.