Salomatlik Salomatlik Zararli va foydali oziq-ovqatlar haqida 2 ta yolg‘on

Zararli va foydali oziq-ovqatlar haqida 2 ta yolg‘on

O'qildi: 281


Zararli va foydali oziq-ovqatlar haqida 2 ta yolg‘on

Vitaminlar qabul qilib, moy va boshqa mazali yog‘lardan voz kechib to‘g‘ri qilamizmi?

Foto: “7dney.ru”

Birinchi yolg‘on

Insoniyat yurak-tomir kasalliklaridan aziyat chekadi, chunki yog‘li oziq-ovqatlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qiladi. Aniqrog‘i, yurak uchun aynan to‘yingan yog‘lar(hayvon yog‘lari, sariyog‘ va boshqalar) zararli.

2010-yilda olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bu nazariyaning noto‘g‘ri ekanligini isbotladi. Tadqiqotchilar 345 ming odamning ahvoli va ovqatlanish odatlarini o‘rganib chiqdi va hayvon yog‘lari yurak kasalliklari sonini oshirmasligini aniqladi.

Umuman olganda, taomnomangizdan moy va boshqa yog‘li tansiq ovqatlarni to‘liq chiqarib tashlashga shoshilmang. Kaloriyaga e’tibor berish va jismoniy harakatlar to‘g‘risida unutmaslik kerakligi esa boshqa masala.

Ikkinchi yolg‘on

Ko‘proq vitaminlar yengva kasal bo‘lmasdan uzoq, baxtli yashaysiz. Ayniqsa antioksidantlik xususiyatiga ega bo‘lgan C vitaminiga tayanish lozim.

Odamning yetarlicha to‘liq faoliyat ko‘rsatishi uchun shubhasiz, vitaminlar zarur: ularning bir qismini organizm o‘zi ishlab chiqaradi, bir qismini esa  oziq-ovqatlardan oladi.

Haqiqatan ham vitaminlar yetishmasligidan kasal bo‘lish mumkin, bundan 200 yil avval esa C vitaminining jiddiy yetishmasligi natijasida kelib chiqqan singa kasalligi tufayli odamlar halok bo‘lgan.

O‘tgan asrning 60-yillarida Nobel mukofoti laureati, biolog Laynus Poling C vitamini shamollashda yordam beradi degan taxminni olg‘a surdi.

Lekin jiddiy ilmiy tadqiqotlar bu vitaminning qudratli kuchi haqidagi optimistik ruhdagi nazariyalarni tasdiqlamadi.

Vitaminlar umrning uzoqligiga ta’sir qilmaydi va kasalliklarni davolay olmaydi  bu ularning vazifasi emas.

Aksincha, hatto vitaminlarni ortiqcha qabul qilish biroz umrni qisqartirishi ham mumkin. Shuning uchun vitaminlarni shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilish lozim.

Manba: “7dney.ru”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.