Ratsiondagi tuz miqdorini qanday va nima uchun kamaytirish kerak?

Bir choy qoshiq tuz tarkibida 2 325 mg natriy bor — bu tavsiya qilingan sutkalik me’yordan ham ko‘proq. Buning ustiga natriy ko‘pchilik ishlov berilgan oziq-ovqatlar va yarim fabrikatlarda ham bor.
Foto: DepositphotosU organizmda suyuqlik muvozanatini saqlab turishga va asab tizimi bo‘ylab signallarni tarqatishga yordam beradi. Shuningdek natriy mushaklarning qisqarishi va bo‘shashishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin u sog‘liqqa salbiy ta’sir qilishi ham mumkin.
Organizmga natriyning yetkazib berilishini buyraklar nazorat qiladi. Yetishmasa, ular natriyni g‘amlab qo‘yadi, ko‘p bo‘lganda esa — ortiqchasini siydik orqali chiqarib yuboradi. Agar biron bir sababga ko‘ra buyraklar buni bajara olmay qolsa, natriy qonda to‘plana boshlaydi. U suvni o‘ziga yig‘ishi va ushlab turishi tufayli qon hajmi ko‘payadi, yurakka bo‘lgan ortiqcha yuklama oshadi, qon bosimi ko‘tariladi. Bularning hammasi yurak-tomir kasalliklari rivojlanishining omillaridir.
Natriyning tavsiya qilingan bir kunlik miqdori — 2 300 mg gacha. Bu dozani yana ham kamaytirishga harakat qiling, ayniqsa agar sizda natriyga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa.
Qanday oziq-ovqatlar tarkibida natriy borligini bilib oling
- Hamma ishlov berilgan oziq-ovqatlar: xamir mahsulotlari, kolbasa va pishloqlar, konservalar, fastfud va tayyor taomlar. Ularda odatda tuz va boshqa qo‘shimchalar ko‘p.
- Tabiiy manbalari: sabzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht, dengiz mahsulotlari.
- Zapravkalar.
- Ko‘proq yangi sabzavotlar va mevalar yeng. Shuningdek yangi go‘sht sotib oling, kolbasa, sosiska va vetchinalardan voz keching.
- Agar tayyor mahsulotlar olmoqchi bo‘lsangiz, tarkibida natriy kam bo‘lganlarini tanlang. Ziravor qo‘shilgan yormalarni emas, balki oddiylarini sotib oling.
- Ovqat tayyorlashda tuz qo‘shmaslikka harakat qiling.
- Zapravkalarni kamroq ishlating. Soyali sous, mayonez, ketchup, xantal —hammasining tarkibida natriy ko‘p. Tuzsiz taomlarning mazasini yaxshilash uchun o‘tlar va tabiiy ziravorlar, sharbat va sitruslilar sedrasidan foydalaning.
Manba
Yangi ma'lumotlardan xabardor bo'lib boring