Salomatlik Salomatlik Metabolizmni tezlashtirishning hatto yalqov va shirinxo‘rlarning ham qo‘lidan keladigan 6 usuli

Metabolizmni tezlashtirishning hatto yalqov va shirinxo‘rlarning ham qo‘lidan keladigan 6 usuli

O'qildi: 314


Metabolizmni tezlashtirishning hatto yalqov va shirinxo‘rlarning ham qo‘lidan keladigan 6 usuli

Shokolad yeng, kechki ovqatni sakkizdan keyin qiling va sizni ortiqcha vazndan qutqaradigan boshqa yoqimli narsalar bilan shug‘ullaning.

Foto: “Layfxaker”

Ozishning birgina yo‘li — metabolizmni tezlashtirish. Organizm ovqatni qancha faolroq energiyaga aylantirsa, tana yuzasidan ortiqcha yog‘ qatlamlari shuncha osonroq ketadi.

1. Qora shokolad yeng

Olimlarning aniqlashicha, tarkibida kakao miqdori 70 foizdan yuqori bo‘lgan shokoladdan ikki hafta davomida har kuni 40 grammdan iste’mol qilinsa, metabolizm ancha tezlashar ekan.

Bu hujayralarning insulinga bo‘lgan sezgirligining normallashishi hisobiga ham yuz beradi. Natijada organizm faollik bilan ovqatni yog‘ga emas, balki energiyaga aylantiradi.

2. Sport uchun kamroq vaqt ajrating

Metabolizmni tezlashtirish nuqtai-nazaridan qaralganda, bir soatlik yugurishdan ko‘ra ko‘pincha 10–15 daqiqalik faol mashq qilish samaraliroqdir.

3. Chuqurroq nafas oling

Chuqur-chuqur nafas olish — ozishning ratsionni qat’iy cheklash usuliga qaraganda ancha samaraliroq hisoblanadi.

Va bu yerda mantiq juda oddiy: siz qancha chuqurroq nafas olsangiz, qonga shuncha ko‘proq kislorod tushadi va ovqatning energiyaga aylanish jarayoni shuncha faolroq ketadi.

4. Sovuq suv iching

Ko‘pchilik balki eshitgan bo‘lishi mumkin: ovqatlanishdan 20—30 daqiqa oldin bir piyola suv ichish kamroq yeyishga yordam beradi. Lekin, siz agar suvni sovitgichdan olib ichsangiz, uning samarasi ikki baravar oshishini bilasizmi?

Sovuq suv me’dani to‘ldirish bilan birga organizmni isitishga ortiqcha kaloriya sarflashga majbur qiladi. Bunday suvdan yarim litr ichish metabolizmni 30 foizga oshiradi.

5. Uxlash oldidan yeng

Florida universiteti olimlari uxlash oldidan yengil tamaddi qilish tungi modda almashinuvini tezlashtirishini, xususan yog‘larni qayta ishlashni faollashtirishini aniqladi.

Manba: “Layfxaker”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.