Salomatlik Salomatlik Shamollash kasalliklarining oldini olish uchun nima qilish kerak?

Shamollash kasalliklarining oldini olish uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 311


Shamollash kasalliklarining oldini olish uchun nima qilish kerak?

Sovuq ob-havoda, hatto siz issiq kiyingan bo‘lsangiz ham, baribir oyoqlaringiz sovqotadi, bu esa shamollashga sabab bo‘ladi.

Foto: Shutterstock

Bu holatning oldini olish uchun ishonchli xalqona vositalar bor. Ulardan biri – oyoqlar uchun issiq vannalar.

Shunday isituvchi vannalar qilishning bir necha usullarini e’tiboringizga havola qilamiz:

  • xantalli: chuqurroq tog‘oraga harorati 40—42°C bo‘lgan bir chelak issiq suv soling, unga 1-2 osh qoshiq quruq xantal seping va yaxshilab aralashtiring; o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan holatda o‘tiring, oyoqlaringizni suvga tushiring; suvning harorati pasayishi bilan unga yana issiq suv qo‘shing;
  • tuzli: hammasi yuqoridagidek amalga oshiriladi, faqat suvning harorati 37—38°C ga yaqin bo‘ladi, unga 1 osh qoshiq osh tuzi yoki dengiz tuzi solinadi; oxirida oyoqlarni iliq suvda yuving, yaxshilab arting va jun paypoq kiyib uxlashga yoting;
  • o‘tli: bir xil miqdorda moychechak guli, shalfey, qalampirmunchoq va qichitqi o‘tlar aralashmasidan 4—5 osh qoshiq olib 1 litr qaynoq suvga soling va past olovda 20—30 daqiqa qaynating; qaynatmani suzib oling va harorati 37—39°C bo‘lishi uchun iliq suv bilan aralashtiring.
  • Sovqotgan oyoqlarni isitishning yana bir usuli – oyoq kaftlarini massaj qilish. Nilufar guli holatida o‘tiring, oyog‘ingiz kaftini o‘zingiz tomonga torting va uni har xil usullar: barmoqlar bilan, kaftingiz chekkasi bilan silab va ishqalab massaj qiling. Keyin ikkinchi oyog‘ingiz kaftini ham xuddi shu usulda massaj qiling.
Oyoqlarning o‘rniga qizdiruvchi vannani qo‘llar uchun ham qilish mumkin – bu qonning oyoqlar tomon beixtiyor ravishda oqishini keltirib chiqaradi va sovqotgan oyoqlarni isitadi.

Qo‘l va oyoqlarni isitish uchun sizga 20 daqiqa vaqt va issiq suv oqadigan kran kerak bo‘ladi. Qo‘llaringizni tirsakkacha suv tagiga qo‘yib turing. Boshida u iliqroq bo‘lishi kerak, keyin esa 10 daqiqa davomida suv haroratini 42—43°C gacha oshiring va yana 5—7 daqiqa qo‘llaringizni bu suv tagida tutib turing.

Manba: Trendymen




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.