Salomatlik Salomatlik Rossiyalik olimlar immunitet xotira va intellektga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

Rossiyalik olimlar immunitet xotira va intellektga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

O'qildi: 229


Rossiyalik olimlar immunitet xotira va intellektga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqladi

Inson miyasida shamollashga qarshi molekulalar yetishmasligi va boshqa shunga o‘xshash muammolar xotira ishini yomonlashtiradi va insonning o‘zlashtirish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

So‘nggi paytlarda olimlar immun tizimi miya ishiga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishga katta e’tibor qaratmoqda.

Oxirgi o‘n yil ichida neyrofiziolog va molekulyar biologlar immunitetning haddan ortiq faolligi yoki u bilan bog‘liq muammolar miya ish faoliyatida buzilishlarni yuzaga keltirishi mumkin. Xususan, skleroz yoki Alsgeymer kasalligi ham aynan shu nuqson tufayli yuzaga keladi.

Olimlar gripp va boshqa shunga o‘xshash kasalliklar boshlanganida inson xotirasi susayishi sabablarini o‘rganishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, organizmda gripp virusi paydo bo‘lganida organizmda shamollashga qarshi reaksiya boshlandi, organizm o‘ziga xos “favqulodda holat” rejimiga o‘tadi. Bu vaqtda immunitet to‘qimalari istalgan turdagi shubhali obyektga hujum qila boshlaydi. Shuning uchun organizmdagi boshqa tizimlar faoliyati buziladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.