Salomatlik Salomatlik Stress, quvonch va jismoniy faollik miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Stress, quvonch va jismoniy faollik miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

O'qildi: 291


Stress, quvonch va jismoniy faollik miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Miya faoliyati yaxshilanishi uchun darhol dorixonaga chopishdan avval quyidagi tavsiyalarga amal qilib ko‘ring.

Foto: SNC Media

Sport bilan shug‘ullaning

Olimlar tomonidan aqliy va jismoniy faollik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik isbotlangan bo‘lib unga ko‘ra, kam harakat va faol insonning miya hujayralarida farq yaqqol aniqlangan. Jismoniy harakatdagi zo‘riqish natijasida miyada qon odatdagidan ko‘p aylanib, miya faoliyatini yaxshilanishi va yangi hujayralar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Qisqa va foydali stress

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, stress tufayli biokimyoviy jarayon boshlanib, neyronlar faoliyati tezlashishi, buning natijasida esa miya faoliyati yaxshilanishi kuzatiladi. Faqat stressning qisqa va foydali bo‘lishi kerakligini inobatga olish kerak. Bunday stressga sovuq dush qabul qilish yoki mushaklarni cho‘zish mashqlarini bajarish misol bo‘la oladi.

Hayotdan mamnunlik

Hayotdan zavq va mamnuniyat, quvonch hissini tuyish, nafaqat miya, balki boshqa a’zolar faoliyatining ham yaxshilanishiga olib keladi. Shuning uchun ko‘proq vaqtingizni siz uchun yaqin va qadrli bo‘lgan insonlar davrasida o‘tkazish, sevimli mashg‘​ulotingiz bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi. Siz o‘tayotgan har soniyadan bahra olishni, ortga qarab afsus emas g‘urur hissini tuyar ekansiz, o‘zingizga bo‘lgan ishonch shakllanib, kayfiyatingiz va fe’l-atvoringizda ijobiy kamolot seziladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.