Salomatlik Salomatlik Oyoqlardagi varikozning oldini olish uchun 6 tavsiya

Oyoqlardagi varikozning oldini olish uchun 6 tavsiya

O'qildi: 248


Oyoqlardagi varikozning oldini olish uchun 6 tavsiya

Venalarning kengayishi, tugunchalar va ilonsimon naqshlar paydo bo‘lishi nafaqat tashqi tomondan xunuk ko‘rinadi, balki boshqa jiddiy muammolarni keltirib chiqaruvchi kasallik hisoblanadi. Varikozni davolagandan ko‘ra, oldini olgan yaxshi.

Foto: Live InternetJismoniy mashg‘ulot

Qaddi-qomatingizda muammo bo‘lmasa ham sport bilan shug‘ullanishni yoddan chiqarmang. Gap shundaki, jismoniy mashqlar nafaqat qaddi-qomat, balki salomatlik, xususan, oyoqlar uchun ham ahamiyatli. Ayniqsa, ko‘p o‘tirib ishlaydiganlar uchun yengil mashqlarni bajarish muhim sanaladi. Biroq og‘ir mashqlar venalarga zarar yetkazishi mumkinligini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Mashqlar yengil bo‘lishi, ortiqcha zo‘riqish kuzatilmasligi kerak.

Harakatdan to‘xtamang

Ko‘p qavatli uyda turadiganlarga liftni unutib, zinapoyalardan foydalanish tavsiya qilinadi. Zinapoyalar yugurish yo‘lakchasi o‘rniga eng yaxshi alternativ hisoblanadi. Bu oyoqlarning tonusda bo‘lishiga, kaloriya erishiga yordam beradi. Ammo har ehtimolga qarshi ehtiyotkor bo‘ling, zinadan shoshib chiqmang. Uzoq vaqt tik oyoqda turmaslik ham tavsiya qilinadi.

Ehtiyotkorlik

Ayollarga og‘ir yuk ko‘tarmaslik, do‘konga uy yaqin, deb piyoda 5 litrli suv yoki sumka bilan harakatlanish tavsiya qilinmaydi. Agar sog‘lig‘ingiz kerak bo‘lsa, o‘zingizni asrashni o‘rganing, 2 kilodan og‘ir buyumlarni ko‘tarish oqibati nafaqat varikoz, balki churra, umurtqaning zo‘riqishi va boshqa bir qancha jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sabab ham mashg‘ulot zalida ham trener kuzatuvi ostida mashq bajarish, sport turidan suzish, yoga va pilates bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi.

Dam olish

Ish kuni tugaganidan keyin organizm, xususan, oyoqlarga biroz dam berishni unutmang. Uyga kelishingiz bilan kontrast dush qabul qiling. Issiq va sovuq suv ketma-ketligi organizmni sog‘lomlashtirish xususiyatiga ega. Bunday dush qabul qilish insonni tetiklashtiradi, tinchlantiradi, qon tomir devorlarini mustahkamlab, ularning tonusini yaxshilaydi. Ushbu tinchlantiruvchi muolajadan keyin oyoqlaringizni tepaga ko‘tarib yoting, shunda shish va charchoqlar ariganining guvohi bo‘lasiz.

Poshna kiymang

Varikozning oldini olish uchun poshnali oyoq kiyimlarni kiymaslik kerak. Kundalik uchun ayniqsa. Tanlovingizni sport uslubidagi, harakatlanishga qulay va yengil poyabzallarga qarating. Muhim tadbirlargagina poshna tufli kiying, o‘qish yoki ishga emas. Ingichka, baland poshnali tuflilar oyoqlarni zo‘riqtirib, turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

Sog‘lom ovqatlaning

Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taom nafaqat qaddi-qomatning ko‘rkam bo‘lishi, balki salomatlik uchun ham muhim ekani allaqachon ma’lum. Shu singari qon aylanishiga ham iste’mol mahsulotining ta’siri yuqori ekanini yoddan chiqarmang. Yog‘li, shirin, sho‘r taomlardan tiyiling. Bundan tashqari, varikozning oldini olish hamda semirib ketmaslik uchun ham tanovulga e’tiborli bo‘lish kerak. Unutmang, ortiqcha vazn oyoqlar zo‘riqishi, qon tomirlari kengayishiga sabab bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.