Salomatlik Salomatlik Istalgan parhezdan ham samaraliroq, tez vazn tashlashga sabab bo‘ladigan 8 mahsulot

Istalgan parhezdan ham samaraliroq, tez vazn tashlashga sabab bo‘ladigan 8 mahsulot

O'qildi: 233


Istalgan parhezdan ham samaraliroq, tez vazn tashlashga sabab bo‘ladigan 8 mahsulot

Parhez qilmasdan turib vazn tashlashga erishib bo‘lmaydi. Kutilgan natijaga erishishni tezlashtirish uchun esa ratsiondan o‘rin olgan taomlarga e’tiborli bo‘lish, yog‘ hamda kaloriyalardan qutulishga yordam beruvchi mahsulotlarni iste’mol qilish kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Piyoz va sarimsoq

Piyoz va sarimsoq nafaqat o‘tkir hid va ta’m beruvchi, balki organizmdagi yog‘larni energiyaga aylanishini tezlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan allitsinni o‘z ichiga oladi. Shu sabab ham ushbu mahsulotlarni salat va taomlarga qo‘shish tavsiya qilinadi.

Apelsin

Sitrus mevalar, xususan, apelsin tarkibiga kiradigan C vitamini, stress gormoni sifatida ma’lum bo‘lgan kortizolni kamaytirishga yordam beradi. Gap shundaki, kortizol organizm, ayniqsa, tananing bel qismida yog‘ yig‘ilishiga sababchi bo‘ladi. Organizm yog‘dan xalos bo‘lishi oson bo‘lishi uchun kortizol qancha kam bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Dengiz o‘tlari

Qalqonsimon bez faoliyati uchun muhim bo‘lgan ko‘p miqdordagi yodni o‘z ichiga olgan dengiz o‘tlarida kaloriya kam bo‘ladi. Vazn to‘plash va to‘satdan semirib ketish esa qalqonsimon bez faoliyatida muammolar kuzatilishi bilan bog‘liq. Ammo hamma vaqt ham yod miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlar iste’moli foydali bo‘lavermaydi.

Qalampir

Qalampir tarkibidagi kapsaitsin organizmda metabolizmni tezlashtiradi. Achchiq taomni xush ko‘radiganlar tez to‘yadi va boshqalarga nisbatan kamroq ovqatlanadi.

Qahva va qora choy

Kofein moddalar almashinuvini tezlashtirgani bois ham uning iste’molidan keyin tinch holda ham organizmda kaloriyalar erishi kuzatiladi. Ammo me’yorga rioya qilish kerakligini, keragidan ortiq kofein serotonin gormoni ishlab chiqarilishiga  ta’sir qilishini unutmaslik kerak.

Kurkuma

Ushbu sariq ziravor tarkibiga kiruvchi kurkumin moddasi qon-tomirlarni yog‘ bosishiga qarshi samarali hisoblanadi. Bundan tashqari kurkuma soch va teri salomatligi hamda migren uchun ham foydali.

Suv

Organizmda suv yetishmasligida turli shishlar paydo bo‘lishga sabab bo‘ladi. Suv chanqoqni bosadi, qonda shakar miqdorini nazorat qiladi. Ovqatdan oldin bir stakan suv ichganda odatdagidan kamroq tanovul qilinadi. Bunga suv ichilganidan keyin oshqozonning bir qismi suyuqlik bilan band ekani, ya’ni bo‘sh emasligi sabab bo‘ladi.

Zaytun yog‘i

Organizm salomatligi uchun monoto‘yinmagan yog‘lar ham zarur. Zaytun yog‘i esa nafaqat tashqi qaddi-qomat uchun, balki yurak va qon-tomirlar salomatligi uchun ham ahamiyatli bo‘lgan foydali yog‘lar manbayidir.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.