Salomatlik Salomatlik Erta tongda sport bilan shug‘ullanishning organizmga 7 foydasi

Erta tongda sport bilan shug‘ullanishning organizmga 7 foydasi

O'qildi: 360


Erta tongda sport bilan shug‘ullanishning organizmga 7 foydasi

Sport bilan shug’ullanish sog‘liq uchun foydali. Lekin uni kunning qaysi qismida amalga oshirish juda muhim. Mutaxassislar iloji boricha mashg‘ulotlarni  tongda bajarishni tavsiya etadi. Ertalabdan bajarilgan mashqlar kun davomida tetiklik hamda yaxshi kayfiyat baxsh etadi.

Foto: Getty Images

Ertalabki jismoniy mashg‘ulotlar ishtahani kamaytiradi

Erta tongdan bir yarim soat mobaynida sport bilan shug‘ullanish natijasida kun davomida ishtaha bo‘lmaydi va ortiqcha ovqatlanish xavfini kamaytiradi. Brigam Yang universiteti tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, atigi 45 daqiqalik kuchli jismoniy mashqlar oziq-ovqatga, ayniqsa, shirinlikka bo‘lgan ishtiyoqni kamaytiradi.

Yog‘larni eritishda samarali usul

Och qoringa jismoniy mashq bajarish har kim uchun ham to‘g‘ri kelavermaydi. Ammo ko‘plab ilmiy tadqiqotlar buning samaradorligini isbotlagan. Agar shifokor maslahatidan so‘ng organizmda biror salbiy o‘zgarish sezilmasa, och holatda olib borilgan mashg‘ulotlar vazn yo‘qotishda tezroq samara beradi. Shuningdek, ovqatlanmasdan olib borilgan mashg‘ulotlar ovqatdan so‘ng bajarilgan mashqlarning natijasiga qaraganda 20 foiz yuqorida turadi. Agar maqsad vazn to‘plash bo‘lsa, mashg‘ulot oldidan oqsilga boy bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish mumkin.

Miya faoliyatini rag‘batlantiradi

Ertalabki mashqlar adrenalin va kortizol gormonlarining tarqalishiga yordam beradi. Bular stress gormonlari bo‘lishiga qaramay, aynan ular hushyorlik va ogohlikni sezilarli darajada oshiradi. Agar ish, turmush muammolari qiynayotgan bo‘lsa, jismoniy mashqlar tanani uyg‘otadi va miya faoliyatini yaxshilaydi.

Energiya manbayi

Ma’lumki, muntazam ravishda mashq qilish energiya darajasini oshiradi va charchoqni bartaraf etishga yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, haftasiga 3-4 marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangan odamlar boshqalarga qaraganda 65 foiz kamroq charchoqni his qiladi. Agar jismoniy mashq kunning birinchi yarmida amalga oshirilsa, kun davomida charchoq deyarli sezilmaydi.

Yaxshi kayfiyat

Jismoniy mashqlar paytida kortizoldan tashqari, baxt gormonlari – serotonin va dofamin ajralib chiqadi. Kuchli mashqlar stress gormonlari darajasini barqarorlashtiradi va ularning qondagi konsentratsiyasini nazorat qilishga yordam beradi. Ertalabki mashqlar butun kun uchun yaxshi kayfiyat baxsh etadi va turli qiyinchiliklarga bardoshli bo‘lishda yordam beradi.

Mushaklarning o‘sishi

Mushaklar samarali o‘sishi uchun testosteron gormoni talab qilinadi, uning tanadagi darajasi esa ertalab yuqori bo‘ladi. Kechki emas, aynan tushlikkacha amalga oshirilgan sport mashg‘ulotlari tezroq natija ko‘rsatadi. Eng muhimi, nonushta qilishni unutmaslik kerak, chunki bu mushaklarning o‘sishi uchun juda zarur.

Uyqu sifatini yaxshilaydi

Yuqorida aytilganidek, mashg‘ulot qon aylanishini yaxshilaydi. Shuningdek, uzoq vaqt davom etadigan kuchli tetiklashtiruvchi ta’sirga ega. Shuning uchun kechki mashq bajarilgandan so‘ng uxlash qiyin bo‘lishi mumkin. Ertalabki jismoniy mashqlar esa kuni bo‘yi kuch bag‘ishlaydi va xotirjam uxlashda yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.