Salomatlik Salomatlik Oyoqdagi qadoq va zamburug‘ni sirkali suv yordamida qanday bartaraf qilish mumkin?

Oyoqdagi qadoq va zamburug‘ni sirkali suv yordamida qanday bartaraf qilish mumkin?

O'qildi: 411


Oyoqdagi qadoq va zamburug‘ni sirkali suv yordamida qanday bartaraf qilish mumkin?

Tovonning qadoq bo‘lishi nafaqat xunuk ko‘rinadi, balki og‘riq ham beradi. Keyinchalik bartaraf qilishda qiyinchilik kelib chiqmasligi uchun ham u paydo bo‘lishi bilan befarq bo‘lmaslik kerak. Bugungi kunda qadoqqa qarshi bir qancha vosita va kremlar bo‘lishiga qaramay, ularning bari vaqtinchalik ta’sir ko‘rsatadi. Sirka yordamidagi layfxakni amalga oshirgandan 15 daqiqa keyin esa tovonlar yumshaydi, qadoqlar esa vaqt o‘tishi bilan kamaya boshlaydi.

Foto: Getty Images

Qanday tayyorlanadi?

  • Og‘izni chayish uchun mo‘ljallangan istalgan antiseptik vosita — 1 stakan;;
  • Iliq suv — 2 stakan;
  • Sirka — 2 stakan(10 foizli).
Og‘izni chayish uchun mo‘ljallangan istalgan antiseptik vosita to‘g‘ri kelishi mumkin, ammo oyoq rangi o‘zgarib qolmasligi uchun ko‘k va yashil ranglisini ishlatmaslik, pushti yoki sariq rangdagisini ishlatish kerak.

Nima qilish kerak?

Yuqoridagilarni aralashtirib, oyoqlarni 10-15 daqiqa vanna qiling, keyin pemza yoki maxsus tosh bilan tovonni ishqalang. Bunday vannadan keyin oyoqdagi o‘lik teri osonlik bilan ko‘chadi. Bir necha marta takrorlanganidan keyin esa ijobiy natijani ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Vannaga yana nimalar qo‘shish mumkin?

1 stakan moychechakli choy quruq va qattiq teri, shuningdek, yoriq va qadoqlarda yordam beradi. Lavanda yog‘idan bir necha tomchi qo‘shsa ham bo‘ladi. Efir yog‘i xushbo‘y ifor baxsh etadi.

Vannali muolajalardan keyin ta’siri tezroq sezilishi uchun oyoqlarga vazelin yoki krem surtish va kremni o‘ziga tortmaydigan paypoq kiyish kerak. Tongda yuqoridagi muolajani yana bir marta amalga oshirish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.