Salomatlik Salomatlik Ko‘krak bezi saratonining ilgari ma’lum bo‘lmagan 4 ta muhim alomati

Ko‘krak bezi saratonining ilgari ma’lum bo‘lmagan 4 ta muhim alomati

O'qildi: 258


Ko‘krak bezi saratonining ilgari ma’lum bo‘lmagan 4 ta muhim alomati

Ko‘krak bezi saratoniga chalingan ayollarning aksariyati ko‘krak sohasida shish paydo bo‘lgandagina shifokorga murojaat qiladi. Ammo Buyuk Britaniya milliy saraton instituti vakillarining fikriga ko‘ra, ko‘krak bezining har oltinchi holati ilgari aniqlanishi mumkin, buning uchun ayollar kasallikning boshqa alomatlariga ham e’tiborli bo‘lishi kerak. Onkologlar ta’kidlaganidek, o‘zgarishlarga aloqador bo‘lmagan kasallikning kamida 4 ta alomati mavjud. Bu, albatta, ko‘krakni muntazam ravishda tekishirib turishning hojati yo‘q degani emas, 83 foiz hollarda mustaqil ko‘rikdan o‘tish kasallikni erta bosqichida aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, boshqa alomatlarni bilish va ularga e’tiborli bo‘lish erta tashxis qo‘yish imkoniyatini oshiradi va davolanishda samaraga erishiladi.

Foto: “med-plastik.ru”

Teri tuzilishidagi o‘zgarishlar

Terining qattiq tuzilishi, ba’zi joylarda teri ko‘chishi yoki qalinlashishi kasallikdan darak bo‘lishi mumkin. Haqiqat shundaki, ba’zi o‘smalar sut bezlari kanallarini to‘sib qo‘yadi, shuning uchun ham terida o‘zgarishlar kuzatiladi va u apelsin rangiga kira boshlaydi.

Shish

Ba’zan shishlar paypaslash orqali aniqlanadigan chuqurlikda joylashgan bo‘lishi mumkin. Ammo deyarli har doim u ko‘krak hajmini va shaklini o‘zgartiradi va hattoki og‘riq ham keltirib chiqaradi. Agar ko‘krak hajmi o‘zgarishi yoki assimetriyaning ortishi kuzatilsa, shifokorga murojaat qilish kerak.

Ko‘krakning uch qismida o‘zgarish

Ba’zi ko‘krak bezi saratoni o‘smasi inversiya deb ataladi. Odatda bu ko‘krak ichida o‘sib, so‘rg‘ich shaklini o‘zgartirib boradi. So‘nggi paytlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘krak bezi saratonining taxminan 7 foizi ko‘krak uchining o‘zgarishi bilan namoyon bo‘ladi.

Ko‘krakda ajralmalar paydo bo‘lishi

Kasallikning yana bir belgisi ko‘krak suti bo‘lamaganda ham unda ajralmalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Agar ajralmalar, shuningdek, qon aralash yoki bir tomon ko‘krakda kuzatilsa ham darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.