Salomatlik Salomatlik Nafas olishga qiynalyapsiz, tez yordam esa kechikmoqda. Nima qilish kerak?

Nafas olishga qiynalyapsiz, tez yordam esa kechikmoqda. Nima qilish kerak?

O'qildi: 255


Nafas olishga qiynalyapsiz, tez yordam esa kechikmoqda. Nima qilish kerak?

Nafas olishning qiyinlashishi koronavirusga xos eng ko‘p tarqalgan simptomlardan biri hisoblanadi. Shifokorlar hatto kasallik yaqqol sezilmagan, simptomlar ORVIga o‘xshagan va nafas olish keskin yomonlashgan taqdirda, tez yordamga murojaat qilish kerakligini bildiradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Qachon shifokor chaqirish kerak?

Nafas olishning yomonlashishi va qisishi nafaqat pnevmoniya, balki yurak xuruji, insult, miya shikastlanishi va hayot uchun xavfli bo‘lgan boshqa jiddiy kasalliklarda ham kuzatilishi mumkin. Agar tana harorati 38,5 darajadan yuqoriga bo‘lsa, nafas olish qiyinlashsa, shuningdek, ko‘krak sohasida diskomfort his qilinsa va nafas qisishi tez-tez takrorlanadigan bo‘lsa, zudlik bilan tabiiy yordamga murojaat qilish kerak.

Nafas olishni yengillashtirish uchun nima qilish kerak?

Birinchi navbatda, to‘g‘ri vaziyatni tanlash kerak. Nafas olish qiyinlashganda osmonga qarab yotish kerak emas. Bu vaqtda qorin bilan yotish kerak. Shuningdek, parvozda xavf kuzatilgan vaqtda egallash kerak bo‘lgan vaziyatni tanlasa ham bo‘ladi. Buning uchun biroz oldinga egilib o‘tirish, qo‘llarni tizza ustiga qo‘yib quchoqlash, boshni pastga tushirish kerak.

Nafas mashqlarini bajaring

Hatto oddiy nafas mashqlari ham o‘pkalar faoliyati va ahvolini yaxshilaydi, qonning kislorod bilan yaxshiroq ta’minlanishiga hissa qo‘shadi. Shu sabab ham yo‘q deganda kuniga 5 daqiqa vaqtni nafas mashqlarini bajarishga ajratish tavsiya qilinadi.

Nafas olishi qiyinlashganlarga esa quyidagi mashqni bajarish tavsiya qilinadi:

Chuqur nafas olib 5-6 soniya davomida ushlab turing va chiqarib yuboring. Ushbu ketma-ketlikni bir necha marta takrorlagandan keyin yo‘talib ko‘ring. Mashq bajargandan keyin bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Ammo ushbu holat tez orada o‘tib ketmasa, befarq bo‘lmaslik va tibbiy ko‘rikdan o‘tish tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.