Salomatlik Salomatlik Past qon bosimini tezda ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

Past qon bosimini tezda ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 316


Past qon bosimini tezda ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

Qon bosimining pasayishi gipertoniyadek xavfli emasligiga qaramay, vaqtida e’tibor berilmasa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Foto: Freepik

Agar tonometr bo‘lmasa, pasaygan qon bosimini aniqlashda quyidagi simptomlar yordam beradi:

  • boshning haddan ortiq aylanishi;
  • ko‘z oldining qorong‘ilashishi;
  • ter ajralishining ko‘payishi;
  • diqqat qila olmaslik.
Agar qon bosimi me’yoridan kam ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lsa, quyidagi usullar yaxshi samara beradi.

Tuzli mahsulot iste’mol qiling

Natriy arterial qon bosimni ko‘targani sabab ham kardiologlar 50 yoshdan oshgan odamlarga undan tiyilishni maslahat beradi. Ammo qon bosimini bir zumda ko‘tarish kerak bo‘lsa, bir bo‘lak tuzlangan baliq, bodring yoki pishloq yeyish kifoya.

Suv iching

Bir yoki ikki stakan suv qon aylanishini yaxshilab, bosimni pasaytiradi. Qolaversa, bu qon bosimi keskin tushishiga sababchi bo‘ladigan suvsizlanishni ham bartaraf qiladi.

Oyoqlarni chalishtiring

O‘tirgan bo‘lsangiz, oyog‘ingizni ikkinchisini ustiga qo‘ying, turgan holatda bo‘lsangiz, chalishtiring. Bu qon bosimi tushishiga yaxshi yordam beradi.

Kompression paypoq kiying

Bunday paypoq tananing pastki qismidagi qon aylanishini kamaytirib, tepa qismdagisini ko‘taradi.

Qahva iching

Bu eng ko‘p tarqalgan usul odatda qahva ichmaydigan kishilarga yaxshi samara beradi. Kofein organizmingizga begona bo‘lmasa, bu usulning foydasi bo‘lmasligi mumkin.

Qachon tez yordamga murojaat qilish kerak?

Ba’zi hollarda qon bosimining past ekani o‘tkir arterial gipotenziyaning belgisi bo‘lishi mumkin. Bu holat miya va boshqa a’zolar gipoksiyasi bilan namoyon bo‘ladi. Quyidagi belgilar kuzatiladigan bo‘lsa, vaqt o‘tishini kutmasdan tez yordamga murojaat qiling:

  • terining sovuq, ter bosishi va oqarishi;
  • nafas olishning tezlashishi;
  • puls uzuq-uzuq, tez va sekin bo‘ladi;
  • idrok qilish bilan bog‘liq muammo.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.