Salomatlikni tekshirish uchun 9 usuldagi tezkor test
Agar shifokorlarga murojaat qilishning imkoni bo‘lmasa, salomatlik bo‘yicha hammasi yaxshi yoki aksinchaligini bilish uchun tashxis qo‘yishning 9 ta usuli mavjud.
Foto: “Domashniy ochag”Ushbu oddiy testlar bir necha daqiqa davom etadi. Ular organizmning umumiy holatini baholashga va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlashga yordam beradi.
Ko‘z
Ko‘z osti uch sababga ko‘ra qorayishi mumkin. Birinchisi, uyqusizlik tufayli. Ikkinchisi, teri juda nozik bo‘lganligi tufayli tomirlar yaqqol sezilib turadi. Uchinchidan, tomirlar teri yuzasiga juda yaqin joylashganligi tufayli ham bo‘lishi mumkin.
Agar ko‘z ostidagi qorayishlar to‘satdan paydo bo‘lsa, bu allergiya alomatlaridan biri bo‘lishi ham mumkin. Teri va ko‘z atrofida shish tanadagi suyuqlikning buzilganligini ko‘rsatadi. Bunday holatda sho‘r, dudlangan va qovurilgan ovqatlarni kamroq iste’mol qilish zarur. Shuningdek, ko‘zni qo‘l bilan silamaslik kerak, infeksiya yuqish ehtimoli mavjud. Ko‘zlarda qichishish kuzatilsa, ularni choy bilan yuvish lozim.
Egiluvchanlik
Agar tana egiluvchan bo‘lib qolsa, unda mushak va bo‘g‘imlar yaxshi ishlayotganidan darak. Bunday holatda yerga o‘tirish, oyoq va qo‘llarni teng cho‘zish kerak. Jismoniy harakat qancha oson bo‘lsa, tanaga shuncha yaxshi bo‘ladi. Umuman olganda, kuniga 5 daqiqalik har qanday jismoniy faollik mushaklar holatini sezilarli darajada yaxshilaydi.
Xolesterin miqdori
Qorachiq atrofidagi ingichka oq chiziq qonda xolesterin miqdori yuqoriligini ko‘rsatadi. Yana bir ogohlantiruvchi belgilardan biri, ko‘z qovoqlari yoki ko‘z atrofidagi mayda sarg‘ish dog‘lardir. Buning uchun ratsionni qaytadan ko‘rib chiqish zarur. Iloji boricha kam yog‘li qovurilgan ovqatlardan tiyilish va ko‘proq meva va sabzavotlar iste’mol qilish kerak.
Tirnoqlar
Tirnoqlar yordamida tananing umumiy holatini yuqori ehtimollik bilan baholash mumkin. Masalan, tirnoqni kesib o‘tgan ingichka ko‘ndalang chiziqlar yoki yoriqlar organizmda muammo borligidan darak beradi. Kasallik vaqtida tirnoqlar sekinroq o‘sadi, natijada chiziq va yoriqlar paydo bo‘ladi. Ushbu holat organizmda kalsiy yetishmovchiligining belgisi ham bo‘lishi mumkin. Ammo buning boshqa sabablari ham bor. Masalan, qo‘llar juda ko‘p vaqtni suvda o‘tkazadi yoki sifatsiz idish yuvish vositasi tufayli shunday holga keladi.
Milk
Yengil bosim tufayli ham qon ketadigan milklarda ham jiddiy kasallik bo‘lishi mumkin. Xavfli tomoni shundaki, milk bakteriyalari qonga kirib, keyinchalik butun tanaga tarqaladi. Shuningdek, o‘tkazilgan tadqiqotlar hatto milk kasalligi va yurak xuruji o‘rtasidagi bog‘liqlikni isbotlagan.
Qo‘llar
Buning uchun avvalo kaft yuzasidagi chiziqlarni tekshirish lozim. Agar oddiy va kamon shakldagi chiziqlar ustunlik qilsa, sog‘liqda muammo bo‘lmasligi mumkin. Bordi-yu chiziqlar murakkab va kesishgan bo‘lsa, qon bosimini tekshirtirish tavsiya etiladi. Ma’lum bo‘lishicha, kafti uzun va tor bo‘lgan odamlar gipertoniyadan aziyat chekadi.
Barmoqlar
Stakanga sovuq suv quyiladi va 30 soniya davomida qo‘llar suvga solinadi. Agar barmoq uchlari oq yoki ko‘k bo‘lsa, qon aylanishida buzilish mavjud. Haroratning keskin pasayishi barmoq, burun va quloqlarni qon bilan ta’minlaydigan tomirlarda spazmni keltirib chiqaradi. Natijada tananing ushbu qismlariga yetarlicha qon borishi qiyinlashadi. Shuning uchun haroratning keskin o‘zgarishidan saqlanish zarur. Bundan tashqari, kashandalik ham qon aylanishiga salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Teri
Yosh o‘tishi bilan teri qurishi normal holat. Ammo xira, qo‘pol va toshmalar toshib ketgan bo‘lsa, bu qalqonsimon bezning yetarli darajada faolligi bilan bog‘liq. Shuningdek, vazn ortishi va charchoq kabi alomatlari ham mavjud. Qalqonsimon bez tiroksin gormonini ishlab chiqaradi, bu miya faoliyatini yaxshilaydi. Agar terida qichishish va oyoqlarda qizil dog‘lar paydo bo‘lsa, qalqonsimon bez haddan tashqari faol bo‘ladi. Bundan tashqari, tanada xol va husnbuzarlar ko‘payishiga ahamiyat berish kerak. Agar rangi va shaklida o‘zgarish bo‘lsa, albatta, shifokorga murojaat qilish zarur.
Manba