Salomatlik Salomatlik Tibbiy ko‘rik: 40 yoshga to‘lganda qaysi shifokorlar tekshiruvidan o‘tish kerak?

Tibbiy ko‘rik: 40 yoshga to‘lganda qaysi shifokorlar tekshiruvidan o‘tish kerak?

O'qildi: 299


Tibbiy ko‘rik: 40 yoshga to‘lganda qaysi shifokorlar tekshiruvidan o‘tish kerak?

40 yoshdan keyin ayol organizmi alohida e’tiborni talab etadi. Sababi bu yoshdan menopauzaga tayyorgarlik boshlanadi, ayol gormonlari darajasi asta-sekin pasayadi. Shu sababli ayollar 40 yoshdan keyin o‘z sog‘lig‘iga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi va ba’zi mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda profilaktika tekshiruvlaridan o‘tib borish maqsadga muvofiqdir. Quyida 40 yoshdan keyin qaysi shifokorlarga murojaat qilish kerakligi ma’lum qilingan.

Foto: “Domashniy ochag”

Ginekolog-endokrinolog

Bir yil davomida kamida ikki marotaba ginekologga murojaat qilish zarur. Ammo 40 yoshdan keyin ginekolog-endokrinolog huzuriga ham borish kerak. Shifokor yurak, qon tomir tizimi kasalliklaridan himoya qiluvchi estrogen va progesteron gormonlar darajasini baholaydi va saraton kasalligining oldini olishga yordam beradi.

Mammolog

Ushbu mutaxassis huzuriga tashrif buyurganda, mamografiyani qachondan boshlash kerakligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish lozim. Shifokorlar ko‘krak bezi saratoniga chalinish xavfi yuqori bo‘lmagan ayollarga ushbu muolajani 50 yoshdan keyin o‘tkazishni maslahat beradi. Bu, albatta, umumiy tavsiya. Lekin jarayon har kim uchun turlicha bo‘lishi mumkin.

Proktolog

Ichak saratoni ham juda xavfli bo‘lib, u ko‘pincha 50 yoshdan keyin rivojlanadi va dastlabki bosqichlari deyarli alomatsiz kechadi. Shifokorlar menopauzadan keyin ayollarga muntazam tekshiruvdan o‘tishni maslahat beradi. Chunki organizm to‘g‘ri ishlashi uchun ichak tekshiruvini amalga oshirish zarur.

Oftalmolog

Garchi ko‘rish bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa-da, har yili oftalmologga tashrif buyurish kerak. Ayniqsa, 40 yoshdan keyingi tekshiruvni o‘tkazib yubormaslik kerak. Bu vaqtda qon tomir kasalliklari, qandli diabet va yurak kasalliklari xavfi ortadi. Oftalmolog esa dastlabki bosqichlarda xavfli alomatlarni aniqlashi mumkin.

Kardiolog

Yurak kasalligi xavfi 50 yoshdan keyin jiddiy ravishda ortadi. Menopauza o‘tishi tufayli organizmda yurak xurujidan himoyalanadigan estrogen darajasi kamayadi. Ammo 40 yoshga kelib ushbu organning vazifasi va sog‘lig‘ida kichik o‘zgarishlar yuz beradi va keyinchalik jiddiy buzilishlarga ham olib kelishi mumkin. Shuning uchun 40 yoshdan keyin yurak elektrokardiogrammasini muntazam ravishda bajarish, bosim darajasini, puls tezligini kuzatish, shuningdek, xolesterin miqdorini aniqlab borish maqsadga muvofiqdir.

Endokrinolog

Ayni yoshda uchrashish kerak bo‘lgan yana bir mutaxassis bu endokrinolog bo‘lib, 40 yoshdan keyin ayollarda autoimmun kasalligi, shuningdek, gipotireoz va gipertireoz ham rivojlanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.