Salomatlik Salomatlik Ko‘zlarni smartfonning zararli nuridan himoya qilish uchun nima qilish kerak?

Ko‘zlarni smartfonning zararli nuridan himoya qilish uchun nima qilish kerak?

O'qildi: 264


Ko‘zlarni smartfonning zararli nuridan himoya qilish uchun nima qilish kerak?

Barcha gadjetlardan ko‘zlar salomatligi va ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir qiladigan ko‘k-siyohrang nurlar tarqaladi. Qolaversa, muntazam ravishda telefondagi mayda yozuv va belgilarga tikilish ko‘zlarni charchatadi. Ishi kompyuter bilan bog‘liq kishilarning ko‘zlari esa yanada ko‘proq zo‘riqadi. Xalqaro optika kompaniyasi Essilor tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda 62 foiz respondent ish kuni yakunida ko‘zlari toliqqanini his qilishini ta’kidlagan. Gadjetlardan umuman voz kechib bo‘lmagani bilan ayrim qoidalarga amal qilish tavsiya qilinadi. Oftalmolog shifokor Vladimir Zolotarevning bu borada yordam beradigan tavsiyalari bilan bo‘lishamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Maxsus ko‘zoynaklar

Ko‘k-siyohrang nurlardan himoya qiladigan maxsus linzalar bilan qoplangan bunday ko‘zoynakdan foydalanish davomida qulaylik darhol seziladi. Yana bir variant ko‘zning moslashuviga yordam beradigan ko‘zoynaklardan foydalanish hisoblanadi. Bunday ko‘zoynak kompyuter qarshisida uzoq vaqt davomida ishlaganda ham ko‘zlarni ortiqcha zo‘riqtirmaydi, kun oxirida ham ko‘zlar odatdagidan kamroq charchaganini bilish mumkin.

Vaqti-vaqti bilan ko‘zlarga dam bering

Smartfondan foydalanish davomida tanaffus qiling, ko‘zlar ekrandan dam olishi kerakligini yoddan chiqarmang. Shuningdek, zo‘riqishlarni bartaraf qilishga yordam beradigan ko‘z mashqlarini bajarib turing.

Maxsus kechki rejim

Uyqudan avval smartfondan foydalanmaslikka harakat qiling. Ko‘k-siyohrang nur qorong‘ida ko‘zga odatdagidan ham ko‘proq zarar yetkazadi. Kechasi telefon bilan bog‘liq juda ham zarur ishingiz bo‘lsa, yorug‘ligi ko‘zni og‘ritmaydigan kechki rejimga o‘tkazib foydalaning.

Balansli ovqatlanish

Taomnomangizda A, B, va C vitaminiga boy mahsulotlar bo‘lishiga e’tibor qarating. Chernika, sabzidan tashqari baliq, qovoq, piyoz, sarimsoq, karam va tvorog iste’mol qilishni kanda qilmang. Ushbu mahsulotlarda ko‘z salomatligi uchun foydali bo‘lgan moddalar bo‘ladi.

Shifokor ko‘rigi

Kompyuter yoki telefondan foydalanishda diskomfort sezilmasligi ko‘zlaringiz bilan hammasi joyida ekanini bildirmaydi. Yoqimsiz simptomlar namoyon bo‘lishini kutib o‘tirmasdan profilaktika uchun oftalmologga boring va keyin kech bo‘lmasligi uchun bir yilda bir marta ko‘zlaringizni tekshirtirib turing.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.