Salomatlik Salomatlik Tuya suti — foydali xususiyatlari, davolash uchun ishlatilishi, zarari, tarkibi

Tuya suti — foydali xususiyatlari, davolash uchun ishlatilishi, zarari, tarkibi

O'qildi: 484




Tuya suti nafaqat mazali, balki ozuqalarga boy bo’lgan Sharq mamlakatlarining an’anaviy ichimligi. Ta’mi shirin, biroq bu to’g’ridan-to’g’ri tuyaga berilgan suv va yemish sifatiga bog’liq. Shuningdek, uning xarakterli xususiyatlari orasidan quyilganda oson ko’pirishi va boshqa hayvon sutlariga qaraganda quyuqroq ekanligini ajratib ko’rsatish mumkin.

Tuyaning suti o’z sifatini uzoq vaqt davomida saqlashi mumkin, bu uni uzoq masofalarga tashish imkonini beradi.

Umuman olganda, tuya suti juda yog’li emas (5 foizdan oshmaydi). Ko’pincha ikki o’rkachli tuyalar yetishtiriladi, chunki ularning suti bir o’rkachli tuyanikiga qaraganda yog’liroqdir. Shuningdek, tuya suti sigir sutidan ko’ra foydaliroq hisoblanadi.

Bundan tashqari, yog’ kislotalari tufayli, bu mahsulotni muzlatish mumkin. Eritilganidan keyin uning zardobi ajralib qolmaydi.

TUYA SUTIDAN QANDAY MAHSULOTLAR TAYYORLANADI

Tuya sutidan quyidagi kabi mahsulotlar tayyorlash mumkin:
  • Qimiz;
  • Laban (ta’mi qatiqni eslatadi);
  • Labne (zaytun moyiga botirib olinadigan va souslar va salatlar uchun xizmat qilgan pishloqli to’pchalar);
  • Sariyog’;
  • Eritilgan sariyog’;
  • Sutli kokteyllar;
  • Muzqaymoq;
  • Pishloq.
Bundan tashqari, tuya suti achitqi sut mahsulotlari olish uchun boshqa hayvonlarning suti bilan aralashtirilishi mumkin, masalan qatiq, ayron (chalop), suzma, qurut tayyorlashda.

FOYDALI XUSUSIYATLARI

Tuya sutining foydasi uning tarkibidagi noyob moddalar mavjudligida yotadi. Ushbu mahsulot tarkibida temir mikroelementi mavjud, u qon tarkibini yaxshilaydi va hujayralardagi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. Bundan tashqari, o’zida qizil qon tanachalari hosil bo’lish jarayonini faollashtiradigan aminokislotalar saqlaydi, shuning uchun tuya suti kamqonlikdan aziyat chekadiganlarga ayniqsa tavsiya etiladi.

Fosfor va kaltsiyning ta’siri tufayli suyaklarda regeneratsiya faollashadi va ularning mustahkamligi ortadi. Ko’p miqdorda askorbin kislotasi mavjudligi immunitetni mustahkamlash va organizmning himoya funktsiyalarini yaxshilashga ko’maklashadi.

D vitamini mavjudligini hisobga olganda bu mahsulot bolalarda osteoporoz va raxit xavfini kamaytiradi. B guruh vitaminlari esa asab tizimining faoliyatini normallashtiradi va stress, uyqusizlikva charchoqdan qutilishga yordam beradi.

Ko’p miqdorda natriy mavjudligi tufayli tuya suti chanqoqni tezda qondiradi, bu cho’lda safar qilish davrida ayniqsa muhimdir. Qolgan mikroelementlar qatorida hujayra fermentlarining bir qismi bo’lgan kobalt, yuak-tomir tizimi faoliyatini yaxashiladigan kaliy ham mavjud.
Kaloriyaligiga kelganda, bu ko’rsatkich yuqori emas (82 kkal), shuning uchun vazn tashlash davrida va qomatni buzmaslik uchun uni oz miqdorda iste’mol qilish qarshi ko’rsatilmaydi.

TUYA SUTI BILAN DAVOLASH

Tuya sutining saraton va oq qon kasalligini davolashda yordam berishi ilmiy jihatdan tasdiqlangan. Ehtimol, bu xususiyati uning tarkibida tanadan saraton rivojlanishini rag’batlantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashga yordamlashadigan moddalar mavjudligiga bog’liq.

Bundan tashqari, tuya sut sil, oshqozon yarasi va oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq boshqa muammolarni davolashda ishlatiladi. Ushbu mahsulotni oshqozon osti bezi, jigar va ichak muammolari mavjud bo’lganda qabul qilish tavsiya etiladi.

Tuya sutini qandli diabetdan aziyat chekadigan bemorlar qondagi qand miqdorini saqlab turish uchun iste’mol qilishlari mumkin. Shifokorlar kunlik miqdorni 500 mililitrdan oshirishni tavsiya etmaydilar.

Tuya suti muqobil tibbiyot sohasida keng qo’llaniladi. Misol uchun, jigar sirrozida tuya suti bilan davolanash buyuriladi. Buning uchun 1 litr sutga olti choy qoshiq yaxshilab ezilgan zira nisbatida aralashma tayyorlanadi. Kuniga 100 ml`dan 21 kun qabul qilinadi. Sut qabulidan keyin ikki soat davomida ovqatlanish yoki biron suyuqlik ichish tavsiya qilinmaydi. Davolanish kursi tugagach, bir oy tanaffus olish kerak, so’ng yana takrorlash mumkin.

Altsegeymer kasalligida bemorlarga xotirani yaxshilash, yaxshiroq uxlash, jismoniy faollikni oshirishda yordam beradi. Autizmda organizmda antioksidant fermentlar va ta’siri shunga o’xshash bo’lgan moddalar darajasini o’zgartiradi, oksidlanishli stress oqibatlariga qarshi kurashadi.
Tuya suti kasallikning dastlabki bosqichlarida yordam beradi. Agar tuya sutining noan’anaviy davolashdagi samaradorligi to’g’risida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmasangiz, maslahat va tibbiy ko’rik uchun shifokor bilan maslahatlashishni afzal biling.

KOSMETOLOGIYADA QO’LLANILISHI

Tuya suti kosmetologiyada ham qo’llaniladi. Ushbu mahsulot asosida terini yorqin quyosh nurlarining salbiy ta’siridan himoya qiladigan niqob tayyorlash mumkin. Bundan tashqari, tuya suti ko’plab teri kasalliklarini davolashda yordam beradi. U namlantiruvchi, oziqlantiruvchi va yoshartiruvchi xususiyatlarga ega.

Tuya suti ajinlar paydo bo’lishini oldini oladi, teri tonusini tiklaydi. Buning uchun toza yuz terisiga sutni surtish, 5 daqiqadan keyin esa yuvib tashlash tavsiya etiladi.

Yanada yetukroq terilar uchun quyidagicha niqob tayyorlash mumkin: kichikroq idishda teng miqdorda oq gil, tuya suti, atirgul yog’i va tabiiy asal aralashtiriladi. Tayyorlangan niqob toza yuz terisiga surtiladi. Besh daqiqadan so’ng yuz avval iliq, keyin sovuq bilan yuvib tashlanadi.
Shuningdek, tuya suti ko’p kosmetik yuz kremlari tarkibiga kiritilgan. Bundan tashqari, do’kon rastalarida tuya suti bo’lgan shampunlarni uchratish mumkin.

Butun tana terisi silliq va yumshoq bo’lishi uchun vanna qabul qilishda suvga bir necha stakan tuya suti qo’shish kifoya. Bunday amaliyot haftada bir marta amalga oshirilishi mumkin.

TUYA SUTI ZARARLARI VA QARSHI KO’RSATMALAR

Tuyalar suti uning tarkibiy qismlariga individual intolerantligi bo’lgan kishilarga zarar yetkazishi mumkin. Allergik bemorlarga qarshi ko’rsatmaga ega.
Tuya suti tarkibida laktoza mavjud, u qabul qilinganda galaktoza va glyukozaga parchalanadi. Galaktoza organizm tomonidan yomon o’zlashtiriladi va shuning uchun u bo’g’imlarda to’planishi, teri ostida yog’ shaklida zaxiralanib, sellyulitga olib kelishi mumkin.

Agar inson organizmni kezeinni qabul qilmaydigan bo’lsa, demak, bu mahsulot qabul qilinganda tanadan kaltsiy yuvilib keta boshlaydi va bu suyaklarning holatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

QABUL QILISH QOIDALARI

Mutaxassislar sutni ertalab nonushtadan bir soat oldin yoki ovqatdan bir yarim soat keyin ichishni tavsiya etishadi. Sutkalik me’yor — 500 ml. Qaynatish tavsiya etilmaydi, chunki tuyaning suti tezda zardobi ajraladi va tvorogga aylanib qoladi.

TARKIBI

Mineral moddalar
Vitaminlar
Oziqaviy qiymati
Oqsillar4 g
Uglevodlar5.1 g
Yog’lar4.9 g
Vitamin B120.16 mkg
Vitamin B20.02 mg
Vitamin B10,08 mg
Vitamin C7,7 mg
Vitamin A40 mkg
Rux0,4 mg
Kobalt5 mkg
Temir0,1 mg
Natriy70 mg
Kaltsiy121 mg
Kaliy180 mg
* Barcha miqdorlar 100 gr mahsulotdagi ulushni aks ettiradi.

Manba: Mymedic.uz
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.