Salomatlik Jinsiy hayot Jinsiy aloqada erta bo’shanish — sabablari, turlari, davolash usullari, oldini olish

Jinsiy aloqada erta bo’shanish — sabablari, turlari, davolash usullari, oldini olish

O'qildi: 673


Jinsiy aloqada erta bo’shanish — sabablari, turlari, davolash usullari, oldini olish
Olimlarning ta’kidlashicha, sayyoramizdagi erkaklarning uchdan bir qismi jinsiy aloqada erta bo’shanish bilan duch keladi. Va, ehtimol, bu yakuniy ma’lumotlar emas — ko’pchilik kuchli jinsiy vakillar bunday muammolar haqida gapirishdan tortinishadi va ularni ovoza qilishmaydi. Erkak jinsiy aloqa paytida 25 ta harakatni amalga oshirishidan oldin urug’ otilishi sodir bo’lsa, bu jinsiy aloqada tez bo’shlnish deb hisoblanadi.

Vaqti bo’yicha bu o’rtacha 1-2 davom etadi. Biroq, bu ko’rsatkichlar yetarlicha shartli. O’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, turli mamlakatlarda jinsiy aloqaning o’rtacha davmoiyligi farqlanadi. Masalan, AQShda bu qiymat 13 daqiqa, Germaniyada esa 7 daqiqaga teng. Kasalliklar Xalqaro Tasnifining 10-chi reviziyasiga ko’ra (KXT-10), erta bo’shalish deb, har ikkala juft ham emotsional va fiziologik qoniqishga erishguniga qadar shaxvat otilishi holatiga aytiladi.
 

Erta bo’shanishni oldini olish

Tez urug’ ajralishi kabi muammo bilan kimga murojaat qilishini hamma erkaklar ham bilmaydi. Bunday kasalliklarni davolash uchun urolog va seksopatologga uchrashish kerak. Agar kasallikning psixogen sabablari aniqlansa, u holda ushbu guruhga malakali psixolog ham qo’shiladi. Bunday nozik muammodan xalos bo’lganda, uning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Albatta, ovqatlanish ratsionini o’zgartirish kerak — yog’li va qovurilgan taomlarni chiqarib tashlash, magniy, rux va oqsilga boy oziq-ovqat iste’mol qilishga harakat qilish. Bunday hollarda shifokorlar tungi uyquni normallashtirishni, stressni minimumga tushirishni, oddiy jismoniy mashqlar bajarishni va tez-tez toza havoda sayr qilishni tavsiya etadi. Ko’p erkaklar emotsional holatini tartibga keltirish uchun do’stlari bilan dam olish, sport zallariga borish yoki yoga mashg’ulotlari bilan shug’ullanishni afzal ko’rishadi — har bir kishi dam olish usulini o’zi tanlaydi. Bu muammodan xijolat tortmaslik kerak, uni o’zingizda saqlab qolishga hojat yo’q — bunda muammo faqat chuqurlashadi va kuchayadi. Bundan tashqari, ba’zan nozik bir bezovtalik tanadagi har qanday nosozlik va jiddiy kasallikning belgisi hisoblanadi — shifokorning tekshiruvi uni aniqlash va kerakli davolashni o’z vaqtida boshlashga yordam beradi.


Manba: Mymedic



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.