Salomatlik Erkaklar uchun Jinsiy aloqadan erta bo‘shalish kasallikmi?

Jinsiy aloqadan erta bo‘shalish kasallikmi?

O'qildi: 587




Erta bo‘shalishga tashxis qo‘yish uchun bugungi kungacha aniq kriteriylar belgilanganicha yo‘q. Funksional aktiv, rigid jinsiy olatni vagina (ayol jinsiy a’zosi)ga kirgandan so‘ng qancha muddatdan IVELT (intravaginal ejaculatory latency time) so‘ng eyakulyatsiya  ro‘y berish vaqti juftlarga ko‘ra turli tumandir. Jinsiy hayotidan rozi juftlardan o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra  IVELT 4 bilan  7 minut orasidaligi aniqlangan. Lekin o‘tkazilgan ilmiy ishlar natijasiga asoslanib davolash kriteriysi qilib 2minutni ostidagilar belgilab olingan.

2011 yil Yevropa urologlarini bergan tavsiyanomasida esa 1,5minut qilib belgilangan. Kinsey, fikriga ko‘ra erta bo‘shalish degan tushincha aslida yo‘q butun emizuvchilarda eyakulyatsiya vaginaga kirishi bilan yuz beradi deydi. (Kinsey 1984). Dunyoda seksual aktivlikni oshkoraligi, seksual quvvatni potensiyani solishtirish boshlanishi va ayollarning liberallashuvining boshlanishi natijasida vaginaga kirishi bilan bo‘shaladigan erkaklar ayollar tarafidan aybdor sanalmoqda, hatto ajralishgacha bormoqda. Natijada tez bo‘shladigan erkak asabiylashadi, o‘ziga ishonch yo‘qoladi, tashqi dunyodan sekin o‘zini izolyatsiya qila boshlaydi.  Erta eyakulyatsiya o‘zini normal hisoblaydigan erkaklar orasida 30-40%  uchraydi. (Frank 1978, Reading and Wiest 1984).

IVELT  4-7 minut hisoblashlariga qaramay, Masters va Johnson erta bo‘shalishga ta’rif berarkan juftlarning mamnun bo‘lishlari yetarli deb hisoblaydi. Qachonki, takrorlanadigan,  minimal jinsiy qo‘zg‘atish ta’siri ostida tez bo‘shladiganlar vaginaga kirar kirmas yoki kirgach qisqa fursatda bo‘shladiganlar, juftini ham hoxishi paydo bo‘lmasidan nazorat qilaolmasdan bo‘shaladiganlarda erta bo‘shalish deyishadi. Misol uchun bir minut davom etadigan jinsiy aloqa, lekin ikki tarafni ham qoniqtirsa buni erta bo‘shalish deb hisoblamaydilar.

Erta bo‘shalishni 2 tipi mavjud: birlamchi; ilk koitus (jinsiy aloqa)dan  e’tiboran mavjud formasi, ikkilamchi; avvallari normal bo‘lib keyin paydo bo‘lgan formasi. Yana boshqa bir klinik tasnif organik va psixologikdir. Organik sabablarga orqa miya jarohatlari,  tarqoq skleroz, opiat (narkotiklar)dan so‘ng holatlar kiradi. Qo‘rquv, er xotin orasidagi janjal, yoshlikdan noto‘g‘ri jinsiy tarbiya va ma’lumotlari, oila ichki muammolari, yangi jinsiy partnyorlar va boshqalari psixopatologik faktorlardir.

Erta bo‘shalishni davolash 2 kategoriyada olib boriladi

1.Psixoanalitik va o‘zini boshqarish usuli

  • Erkak o‘zini boshqarishi
Quyidagi usullari mavjud:
Ikkita ahamiyatli holat bor. Birinchisi avvalo pozitsiya (jinsiy aloqadagi erkakning holati). Erkakning pastda harakatsiz bo‘lgan holati eng kechiktiradigan pozitsiyadir. Erkak yuqoriga qarab yotadi o‘zini bo‘shashtiradi, mushaklarni erkin qo‘yib kuchanmaydi, ayol erkak ustida bo‘ladi va juda sekin sekin xarakatlar bilan aloqani davom ettiradi.

Ikkinchisi nazorat (kontrol) irodasini rivojlantirishdir. Bo‘shalishga yaqin diqqatini boshqa narsalarga chalg‘itish. Ayniqsa ayoli erkakning jinsiy qo‘zg‘atuvchi joylariga tegmasligi kerak bo‘ladi. Va jinsiy hoxish uyg‘otadigan nuqtalarga ham tegmasligi kerak. Yoki qo‘zg‘alishni susaytiradigan pozitsiyaga almashtirish kerak bo‘ladi.

Bu holatda ba’zi erkaklar ishlari haqida yoki kelgusi rejalarini o‘ylaganliklarini aytishadi. Lekin fikrni boshqa tarafga chalg‘itish jinsiy aloqadan olinadigan lazzatni susaytirishi mumkin. Shuning uchun nafas kontroli ham tavsiya qilinadi, ya’ni chuqur nafas olib 2-5soniya ushlab turib sekin chiqarish ham foydali bo‘ladi. Ko‘zlarni yarim ochiq holda bir nuqtaga termulib turish ham tavsiya etiladi.

Chuqur nafas olgach chiqarmasdan turib oldinga sal egilinsa qovuq va prostata ustidagi bosimni orttirib parasimpatik nerv tizimini qo‘zg‘atib eyakulyatsiyani kechiktirish mumkin. Eng katta foyda tegadigan usuldir bo‘lib bir paytda siydikni tutish uchun qilinidigan xarakatlardan orqa peshob mushaklarini qattiq qisish ham mumkin.

Bu harakatlarni boshida bajarish biroz mushkul tuyulishi mumkin. Lekin vaqt o‘tishi bilan odatlanilsa va jinsiy aloqa vaqtini uzatayotganini his qilaboshlanishi bilan odatiy holga aylanib boradi. Unutmaslik kerakki bu mashqlar bilan nazorat irodasini shakllantiriladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki juda qattiq berilib ketib jinsiy aloqani lazzatini buzish kerak emas.

KEGEL mashqlari

Kegel mashqlari mushaklardan foydalaniladigan mashqdir. Tualetga kirganda siydikni to‘xtatish uchun ishlatiladigan mushaklardan kun davomida bajarib turilsa va jinsiy aloqa paytida ham shu mashq qilinishi erta bo‘shalishda yordami tegishi mumkin.

MASTERS VE JOHNSON mashqlari

Masters va Johnson tomonidan ishlab chiqilgan. Erkak kishi yaxshilab qo‘zg‘atilinib bo‘shalish boshlanishi bilan jinsiy olatni, penisni, boshini qattiq siqib bo‘shalish refleksini susaytirishga qaratilgandir. Bu yerda e’tiborni boshqa tarafga emas aynan qo‘zg‘atuvchi nuqtaga qaratilganligi bilan boshqa usullardan farq qiladi.

Natijada erkak normal jinsiy aloqada qachon bo‘shalib ketishini bilib oladi va jinsiy aloqada qachon nazorat qilish kerakligini bilib oladi. Lekin bu mashqni penis vaginaga kirgizmasdan qo‘l bilan qo‘zg‘atilishi kerak. Buni ayol kishi ham qilsa bo‘laveradi yoki erkak kishi masturbatsiya qilsa ham bo‘ladi bo‘shalish boshlanishi bilan boshini bosildi. 10-20 sekund mobaynida turiladi. Biroz og‘riq bo‘lishi mumkin lekin zarar beradigan shaklda bosish kerak emas. Bu paytda ereksiya ham biroz susayadi. 30 sekunddan keyin mashq qaytalash kerak. 3-4 marotaba qilish mumkin. Bir necha kundan so‘ng foydasi seziladi.

Boshla - To‘xta (START-STOP) mashqi

Jinsiy aloqa paytida bo‘shalish hissi kelishi bilan toki bo‘shalish hissi yo‘qolguncha to‘xtashdir. Hissi o‘tib ketgach yana aloqaga davom etiladi. 3 marta qaytargach keyin bo‘shalish mumkin. Bir necha kunda foydasi seziladi. Bajarish uchun ayol kishi ham albatta tushingan holda yordamlashishi kerak bo‘ladi.

Farmakologik davolash

Dori vositalari yordamida 10minutgacha uzaytirish mumkin. Mahaliy kremlar foydasi kamroq kutilmagan nojo‘ya ta’sirlari mavjud. Selektiv serotonin qayta so‘rilishini ingibitorlari (SSRI; Selektif serotonin re-uptake inhibitörleri) hozirgi kunda turli dozalash tartiblarida berilmoqda. Lekin bu dorilarni qabul qilishda yetarli tajribaga ega bo‘lgan shifokor nazoratida turish shart chunki kutilmagan nojo‘ya ta’sirlari mavjuddir.

Operativ davolash

Juda kamdan kam bemorlarga tavsiya qilinsa ham jinsiy olat boshchasini sezuvchanligini pasaytirish maqsadida mikrojarrohlik usulida bajariladi. Nojo‘ya ta’sirlarini oldindan shifokordan so‘rab olish kerak va foydali bo‘lishga ko‘z yetsagina jarrohlik usulidan foydalanish kerak bo‘ladi.

© Murodov Zarifjon, androlog
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.