Salomatlik Goʼzallik Qanday qilib sochlar oqarishini sekinlashtirish mumkin?

Qanday qilib sochlar oqarishini sekinlashtirish mumkin?

O'qildi: 450


Qanday qilib sochlar oqarishini sekinlashtirish mumkin?

Sochlar oqarishi — qarish belgilaridan biri.  Ba’zilar yoshligidan sochlari oqara boshlaydi, ko‘pincha esa 35-40 yoshdan boshlab sochlarga oq tusha boshlaydi. Bu muqarrar jarayon bo‘lsa-da, uni biroz sekinlatishga urinish va shu bilan birgalikda sog‘liqni ham mustahkamlash mumkin. Biz sizga buning oddiy xalqona usullari to‘g‘risida aytmoqchimiz.

Foto: “Xitrosti jizni”

Birinchidan, ovqatlanishga e’tibor bering. Dukkaklilar, avokado va yong‘oqlarni ko‘proq yeng. Ikkinchidan, agar sizning zararli odatlaringiz bo‘lsa, ulardan qutulishga harakat qiling. Chekish va ichish muammoni chuqurlashtiradi. Uchinchidan esa, sochlaringizni parvarish qilishda asqotadigan va ularning oqarishini sekinlatishda yordam beradigan xalqona vositalardan foydalanish to‘g‘risidagi bir necha maslahatlarni yozib oling.

  1. Moychechak va zarchiva(kurkuma)damlamasioch rangli sochlar uchunZarchiva sochlarga asal rangini berish uchun qo‘shiladi.  4 osh qoshiq moychechak va 2 osh qoshiq zarchivani 1 litr qaynoq suvga soling va damlab qo‘ying, sochlaringizni har yuvishdan so‘ng chayqash uchun ishlating.
  2. Mavrak(shalfey)va qora choy damlamasi — jigarrang sochlar uchun. Bu o‘tli vositani tayyorlash uchun bir nechta mavrak bargini qora choyga qo‘shib damlang va yarim litr qaynoq suv bilan aralashtiring.
  3. Rozmarin damlamasito‘q rangli sochlar uchun4 osh qoshiq rozmarinni yarim litr qaynoq suvda damlang. Bunday damlama bosh terisini yaxshilaydi, soch ildizlarini mustahkamlaydi va borgan sari ularning rangini qoraytiradi.
  4. Qoramtir sochlar uchun mavrak va rozmarin damlamasi3 osh qoshiq mavrak va 3 osh qoshiq rozmarinni 1 litr suvda damlang. Bu ajoyib chayqash vositasi yuvib tashlashni talab qilmaydi va sochlarni sog‘lomlashtiradi.
  5. Xina va limon sharbatidan sochlar uchun niqobSarg‘ish va asal rangni yoqtiradiganlarga xina yordam beradi. 3 osh qoshiq xina va 1 osh qoshiq limon sharbatini aralashtiring, aralashmani sochlaringizga suring va o‘rab qo‘ying. 3 soatdan keyin yuving.
Manba: “Xitrosti jizni”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.