Bolalarni optimist qilib tarbiyalash mumkinmi?
O'qildi: 454
Dunyoga ijobiy qarashni tarbiyalash mumkinmi?Yoki optimizm — tug‘ma xislatmi?Bugungi kunda bolaning dunyoga ijobiy qarashi shakllanishiga nasldan naslga o‘tishning yoki muhitning ta’siri to‘g‘risida biron-bir xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Lekin bir narsani aniq aytish mumkin: ota-onalarning dunyoga salbiy qarashi bolalarga ham o‘tadi. Bolada optimizmni qanday rivojlantirsa bo‘ladi?
Foto: FlickrIjobiy fikrlashni o‘stirish
Fikrlash va unga bog‘liq bo‘lgan o‘qishdagi o‘zlashtirish bolaga optimist bo‘lishga yordam beradi. Ruhshunoslarning aytishicha, bolalarda fikrlash darajasining oshishi bilan birga ularda o‘z bilimiga va o‘z-o‘ziga ishonch ham shakllanib borar ekan.Ota-ona bolaning o‘sish jarayonida unga ijobiy kayfiyat berib turishi va qo‘llab-quvvatlashi katta ahamiyatga ega.
Bolalarni tinglashga vaqt topish
Bolani bevosita va samimiy qabul qilish, uni tushunishga harakat qilish va u bilan ro‘yirost gaplashish juda muhim. Faqat shundagina bolalar ota-ona himoyasini his qiladi. Ota-onalar bolani bezovta yoki xafa qilayotgan muammolarni fikrlashib olishga har doim tayyor bo‘lishlari, lekin ochiq gaplashishga majburlamasdan, buning me’yorini va yo‘lini topishi kerak.Har doim takrorlash mumkin bo‘lgan ijobiy ibora topish
Masalan: “Chiqish yo‘li har doim topiladi” yoki “Har bir muammoning o‘z yechimi bor”. Bu ham optimizmni tarbiyalashning bir qismi hisoblanadi. Bu so‘zlarni bola o‘ziga singdirib oladi va qiyin vaziyatlarda albatta eslaydi.Manba: “Psychologies.com”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.