Maktab o‘quvchisining ovqatlanish tartibi
Ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan to‘g‘ri ovqatlanmaydigan bolalarga ko‘proq sabzi yeyish va gazli suvni kamroq ichish haqidagi har qanday nasihatlar oxir-oqibat hech qanday natija bermaydi. Natijaga erishish uchun esa quyidagilar yordam beradi deb o‘ylaymiz.
Foto: DepositphotosRejim bo‘yicha ovqatlanish kerak
Ovqatlanish rejimi sog‘lom turmush tarzining ajralmas qismi bo‘lib, uni bolalikdan singdirib borish kerak. Belgilangan vaqtlarda yeyish odati shunga olib keladiki, ovqat yeyish mahali yaqinlashganda odam ochlikni his qila boshlaydi va ishtaha bilan ovqatlanadi. Bu esa hazm qilish yaxshilanishiga yordam beradi.Ovqatni tushungan holda iste’mol qilish kerak
Ovqatlanish paytida bolalarga telefon, planshetlardan foydalanishga yoki televizor ko‘rishga ruxsat bermaslik kerak. Bola ovqat yeyotganini tushunishi kerak. O‘ylab va tushungan holda ovqat yeyish oziq-ovqat mahsulotlarining to‘g‘ri hazm bo‘lishiga yordam beradi. Buning natijasida esa organizm kerakli mikroelementlar va foydali moddalarni oladi.Taomnomani qanday tuzish kerak?
Eng yaxshi variant – bir kunda 4-5 mahal ovqatlanish.Gazli ichimliklar, chipslar, chebureklar, sosiskalar, shokoladli batonlar va tez tayyor bo‘ladigan ovqatlar(paketchalardagi sho‘rvalar, lapshalar va pyurelar)ni taomnomadan butunlay chiqarib tashlash kerak.
Ularni foydaliroq bo‘lgan sabzavotli, qo‘ziqorinli, yormali ovqatlar; kompotlar, morslar va sharbatlar; rezavor mevalar, quruq mevalar va asal bilan almashtiring. Bunda qovurilgan taomlar va shakar qo‘shilgan yeguliklar juda kam bo‘lishiga e’tibor bering.
Sabzavotlarni garnir sifatida ishlatish mumkin, mevalar esa ajoyib tarzda shirinliklarning o‘rnini bosadi. Shuningdek sabzavot va mevalardan har doim yangi siqilgan sharbat tayyorlash mumkin.
Manba: Weekend Rambler
Manba