Bolalikda albatta o‘ynash kerak bo‘lgan o‘yinchoqlar
Odatda bolalarning bir-ikkita o‘zlari sevgan, birga uxlaydigan va birga o‘ynaydigan yumshoq o‘yinchoqlari bo‘ladi va boshqasining ularga unchalik keragi bo‘lmaydi. Agar bu bizning ro‘yxatimizdagi o‘yinchoqlar bo‘lmasa. Demak:
Foto: “Detstrana.ru”№1: Musiqali o‘yinchoq
O‘yinchoq telefon, musiqa asbobi, planshet yoki kuylovchi multfilm qahramoni – bu “musiqali” ro‘yxatdagilarning birortasi kichkintoyga albatta yoqib qoladi va uni bir qancha vaqt chalg‘itadi. Bundan tashqari tugmachali o‘yinchoqlarning hammasi bolaning harakatlanishi va muvofiqligini rivojlantiradi.
№2: Sorter
Ular har xil shakllarda, ranglarda va o‘lchamlarda; yumshoq va qattiq, tovush va yorug‘liklar chiqaradigan va boshqa xususiyatlarga ega bo‘ladi. Sorterlarning asosiy vazifasi — bolaga shakllarni, ranglarni farq qilishga yordam berish, ularning nomlarini kattalar yordamida yodlashga o‘rgatish hisoblanadi.
№3: Konstruktor
Eng yaxshi rivojlantiruvchi o‘yinchoqlardan biri. Tanlov oddiy plastmassa yoki yog‘och kubiklar va silindrlardan boshlanadi va Lego uslubidagi turli xil shakllar va o‘lchamlardagi to‘plamlar bilan davom etadi. Har qanday konstruktorlar o‘zlashtirish, tasavvur qilish, har tomonlama keng fikrlashni ajoyib tarzda rivojlantirishga yordam beradi.
№4: Plastilinli o‘yinlar to‘plami
Kichkintoylar uchun yana bir ajoyib sovg‘a. Yasash tasavvur qilish bilan bir qatorda har tomonlama keng fikrlashni va harakatlanishni o‘stiradi, tinchlantiradi. Ta’sirchan bolalar uchun juda kerakli narsa.
№5: Pazllar
O‘zlashtirishni va keng fikrlashni o‘stirish uchun ajoyib variant. Shuningdek, pazllar bolani uzoq vaqt davomida o‘ziga jalb qiladi va tinchlantiradi. Bolaning yoshiga qarab katta va kichik rasmdagi bir necha yirik yoki ko‘plab mayda qismlilarini tanlashingiz mumkin.
Manba: “Detstrana.ru”
Manba