Salomatlik Ayollar uchun Nega plastik butilkalardan qayta foydalanish mumkin emas?

Nega plastik butilkalardan qayta foydalanish mumkin emas?

O'qildi: 377


Nega plastik butilkalardan qayta foydalanish mumkin emas?

Havo issiq vaqtida odamlar o‘zi bilan doim bir baklajka suv olib yurishi kerak. Albatta, har bir kishi hech bo‘lmaganda bir marta plastik butilkalarni qayta ishlatmaslik haqida o‘ylasa kerak, chunki ular ancha arzon. Ammo undan qayta foydalanish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkinligini hamma ham bilmaydi. Grazia nashri nega baklajkalardan bir marta foydalanish kerakligini ma’lum qildi.

Foto: Grazia

Albatta, baklajkaga suv quyilsa, toza ko‘rinadi. Biroq keyinchalik bunday bo‘lmaydi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar turli xil materiallardan idishlar yasaydi, plastmassa bo‘yicha mutaxassis bo‘lmasangiz, bir marta ishlatiladigan baklajkadan ikki marta foydalanish g‘oyasidan voz kechgan ma’qul.

Ba’zi idishlarda zaharli kimyoviy moddalar mavjud bo‘lib, ular idishga zarar yetganda, masalan, mayda yoriqlar bo‘lsa, suyuqlikka tushishi mumkin. Ularning soni ahamiyatsiz, shuning uchun plastik idishni kamdan-kam holda qayta ishlatilsa, sog‘liqqa ta’sir qilmasligi mumkin. Biroq bu odatni doimiy takrorlash salomatlikda bir qancha muammolar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Ya’ni, baklajkadan suyuqlik ichilganda, og‘iz bo‘shlig‘idan bakteriyalar idishga kiradi, ular baklajkaning devorlarida, shuningdek, ko‘rinmas eng kichik yoriqlarda faol ravishda ko‘payadi va to‘planadi. Shu sababli konteynerni xavfsiz qayta ishlatish uchun uni butunlay tozalab bo‘lmaydi. Natijada, ovqat hazm qilish buzilishi, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i va charchoq hissi paydo bo‘lishi mumkin.

Salomatlikni asrash uchun qayta foydalanish mumkin bo‘lgan idishlarni sotib olish yaxshiroq. Ammo har safar foydalangandan keyin uni yuvishni unutmaslik kerak. Aks holda unda bakteriyalar ham ko‘paya boshlaydi, bu salomatlikka salbiy ta’sir qiladi. Mutaxassislar barcha mikroblarni o‘ldirish uchun idishni maxsus cho‘tka va vosita bilan tozalashni tavsiya qiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.