Salomatlik Ayollar uchun Haqiqiy do‘stlikni qanday bilish mumkin?

Haqiqiy do‘stlikni qanday bilish mumkin?

O'qildi: 363


Haqiqiy do‘stlikni qanday bilish mumkin?

Sinfdosh, kursdosh va hamkasblar soni ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ham yaqin va haqiqiy do‘st bo‘lavermaydi. Do‘stingiz haqiqiymi yoki yo‘q qanday bilish mumkin?Quyida ushbu savollarga javob beramiz.

Foto: Getty Images

Qiziqish

Haqiqiy do‘st sizning hayotingizda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaydi, yaxshi-yomon kuningizda yoningizda bo‘ladi, boshingizga ish yoki dard tushganida sizni yolg‘iz qoldirmaydi. Ishlaringiz qanday ketyapti, kayfiyatingiz qandayligiga qiziqadi va siz o‘zingizni yomon his qilayotganingizda sizni yupatib, yechim topish uchun hech bo‘lmaganda maslahat beradi. Agar do‘stingiz sizga e’tibor qilmasa va befarq bo‘lsa, demak, o‘rtangizdagi munosabatlar samimiy emas.

Ishonch

Ishonch har qanday munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. O‘rtada ishonch yo‘qoldimi, hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi. Siz siringizni ishonib aytgan inson uni jiddiy qabul qilmasdan boshqalarga yetkazdimi, unda bunday do‘stning boridan yo‘g‘i yaxshi.

Manfaat kutmaslik

Yaqin do‘st deb baho berishga oshiqmang. Unutmang, yoningizdagi insonlar shunchaki vaziyat taqozosi bilan vaqtinchalik bo‘lishi, ular bilan birgalikda vaqt o‘tkazish yoqimli bo‘lishi mumkin. Tanishlaringiz ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin yillar sinovida saralanib, manfaat kutmasdan hamisha siz bilan yelkama-yelka bo‘lgan insonlar haqiqiy do‘st bo‘ladi.

Do‘st achitib gapiradi

Turli vaziyatlarda yuzaga kelgan tushunmovchiliklarda oqni oq, qorani qora,deb sizga yo‘l ko‘rsatuvchi insonlarni qadrlang. Ular sizga yaxshi ko‘rinish uchungina qilgan ish va qarorlaringizni ma’qullab turmaydi. Siz eshitishni xohlaysizmi, yo‘qmi, haqiqatni yuzingizga aytadi. Ko‘zingizga yaxshi ko‘rinish uchun ikkiyuzlamachilik va tilyog‘lamalik qilgan insonlardan uzoqroq yuring.

Hurmat

Bir insonning ikkinchisiga bo‘lgan hurmati siz uchun muhim kun va sanalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Siz muammolaringiz bilan bo‘lishganda sovuqqonlik bilan tinglagan va e’tibor bermagan inson sizni hurmat qilmaydi.

Qo‘llab-quvvatlash

Do‘sti uchun jonini fido qiladiganlar yo‘q bo‘lishi mumkin, lekin sizga yaxshi bo‘lishi uchun borini ayamaydigan inson bo‘lsa, uni qadrlashingiz kerak. Sizni mansabingiz yoki sizdan tegadigan foyda emas, inson sifatida hurmat qiladigan, hech narsa kutmaydigan inson bilan bir umrlik munosabat bo‘lishi aniq. Unutmang, vaqtinchalik, kayf-safoga sherik bo‘ladigan qo‘shtirnoq ichidagi oshnalar juda ko‘p, haqiqiy va ishonchlilarini esa topish qiyin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.